Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 958
  • Yangilangan sana: 7 Feb 2024, 09:07

Uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga ipoteka 2

  • 959
  • Yangilangan sana: 7 Feb 2024, 09:07
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 10 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oygacha
  • Ajratish shakli: Bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari
yillik 18%
Hujjatlar
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar;

2. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;

3. Yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa mol-mulk bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

4. Uy-joy qurishga tasdiqlangan loyiha smeta hujjati (bunda loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi);

5. Pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma (pudrat tashkiloti jalb qilingan taqdirda talab qilinadi);

6. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo do‘koni, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma.

7. Subsidiya xabarnomasi, agar mavjud bo'lsa;

8. Shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
Ipoteka rediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

Qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;

Kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

Kamida 4 oy davomida doimiy daromadga ega bo'lishi lozim.
Qo‘shimcha shartlar

Yakka tartibdagi uy-joy qurib bitkazilib garovga taqdim qilinguniga qadar quyidagi taʼminot turlari qabul qilinishi mumkin:

  • jismoniy shaxs kafilligi

  • kredit qaytarmaslik xatarini sugʻurta qilinganlik boʻyicha sugʻurta polisi

  • mol-mulk garovi

*yakka tartibdagi uy-joyqurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan soʻng, kredit boʻyicha taʼminot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar