Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Тижорат банкларининг жисмоний шахслар учун мўлжалланган молиявий хизматлари ҳақидаги ахборот портали
  • 782
  • Янгиланган сана: 8 May 2024, 09:57

Исталган турар-жой учун ипотека

  • 783
  • Янгиланган сана: 8 May 2024, 09:57
  • 24-26%
    Фоиз ставкаси
  • Чекланмаган
    Энг кам миқдори
  • 15 йил
    Муддати
  • Бошланғич бадал (мулк қийматидан): 20%
  • Оралиқ тўловларнинг даврийлиги: Ҳар ой
  • Имтиёз даврининг мавжудлиги: мавжуд
  • Имтиёз даврининг муддати: 18 ойгача
  • Ажратиш шакли: Банк картасига ўтказиш / Таъминотчининг банк ҳисобварағига ўтказиш
  • Таъминотнинг мавжудлиги: мавжуд
  • Таъминот суммаси (мулк қийматидан): сотиб олинаётган уй-жой қиймати
Фоиз ставкалари
24 %

Kredit muddati: 7 yilgacha;

Maksimal imtiyozli davr (differensial grafikda): 3 oygacha;





25 %

Kredit muddati: 10 yilgacha;

Maksimal imtiyozli davr (differensial grafikda): 8 oygacha;





26 %

Kredit muddati: 15 yilgacha;

Maksimal imtiyozli davr (differensial grafikda): 18 oygacha;





Ҳужжатлар
  • Pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
  • “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs” ma’lumotnomasi (zarur hollarda);
  • Dastlabki uy-joy oldi-sotdi shartnomasi;
  • Uy-joy kadastri va egalik huquqini tasdiqlovchi hujatlar (kadastr hujjati rasmiylashtirilgan uy-joylar uchun);
  • Uy-joy qurilishi bo’yicha tegishli ruxsatnoma, tasdiqlangan loyiha smeta hujjati, ekspertiza xulosasi (foydalanishga topshirilmagan va kadastr hujjati rasmiylashtirilmagan uy-joylar uchun);
  • Ipoteka ob’ekti bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (zarur hollarda);
  • Shuningdek, mijozni o‘rganish davomida qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.








Qo'shimcha kredit xarajatlari:

  • Xonadon sotib olish va sotish bo'yicha notarius xizmatlari uchun xarajatlar;

  • Mulk huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun kadastr xarajatlari;

  • Uy sug'urtasi.






Талаблар
  • Kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • Qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
  • Avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • Kamida 6 oy davomida doimiy daromadga ega ekanligi;
  • Sug'urta shartnomasi va polisi kreditning to'liq muddatiga tuziladi
  • Daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar (bank xodimi tomonidan Crobs dasturi orqali elektron ma'lumotlar olinadi).
Қўшимча шартлар
Qo'shimcha shartlar:

-ipoteka krediti sud qarorlariga asosan undiruvga qaratilgan uy-joylarni sotib olish uchun berilmaydi.
-kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy yaqin qarindoshlar oʻrtasida oldi-sotdi qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda, qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi va sotuvchi oʻrtasidagi yaqin qarindoshlik aloqalari ham hisobga olinishi lozim.
-ipoteka krediti boʻyicha ijobiy qarori qabul qilingandan soʻng, mijoz tomonidan boshlangʻich badal mablagʻlari “Kafolat-3” nomli milliy valyutadagi jamgʻarma omonatiga shakllantiriladi va kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy garov qoʻyilgandan soʻng sotuvchining tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
-bunda, qarz oluvchi tomonidan boshlangʻich badal mablagʻlari toʻgʻridan-toʻgʻri pudrat tashkiloti (birlamchi bozordagi xonadon uchun)hisobvaragʻiga oʻtkazilgan hollarda, pul mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjati ilova qilinadi.
Shuningdek, birlamchi bozorda qurilayotgan uy-joy foydalanishga topshirilib kadastr hujjatlari to’liq rasmiylashtirilguniga qadar boshqa ko‘chmas mulk garovi taqdim qilinishi mumkin. Bunda, kredit hisobiga sotib olingan uy-joyning kadastr hujjati rasmiylashtirilgandan so‘ng, kredit bo‘yicha garov ta'minoti ushbu uy-joy ipotekasiga almashtiriladi.








Maxsus shartlar:

- birlamchi bozordan xonadon sotib olishda boshlang’ich badal miqdori kamida 30 foizni shakllantirgan oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtgan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ularning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga olgan holda ipoteka krediti ajratilishi mumkin. Bunda, qarz oluchining qarz yuklamasi oʼzini oʼzi band qilgan fuqaro tomonidan tasdiqlangan bir oylik oʼrtacha daromad va xarajatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotoma asosida skoring qilinadi. (kadastri rasmiylashtirilgan uy joylar uchun).






Кредит калькулятори

Кредит ташкилотларининг турли хил таклифларини кредит калькулятор ёрдамида таққослаб кўришингиз мумкин. Керакли майдонларни тўлдирсангиз, ҳар ойлик тўловлар бўйича тўлиқ ва қулай шаклдаги ахборотга эга бўласиз.

Банк ҳақида
Ўзсаноатқурилишбанк
Лицензия рақами: 17, 25.06.1991
Манзил: 100000, Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани, Шаҳрисабз кўчаси, 3-уй
Алоқа телефон рақами:
Ишонч телефони: 71-200-43-43, 78-120-45-01
СТИР: 200833707
E-MAIL: info@sqb.uz
Сайт: www.sqb.uz
Кредит бўйича бошқа таклифлар
Кўп бериладиган саволлар