Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 5891
  • Yangilangan sana: 26 Mar 2024, 14:09

Banklar

Saralash:
alifbo tartibida
Saralash turini tanlang
alifbo tartibida
ommabopligi bo‘yicha
Turi:
Ro’yxat bo’yicha
Turini tanlang
Ro’yxat bo’yicha
Plitka shaklida
Davlat banki
Agrobank
Litsenziya raqami: 78, 30.04.2009
  • Omonatlar
    6
  • Kreditlar
    12
  • Bank kartalari
    5
  • Bankomatlar
    1422
  • Manzil: 100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy
  • STIR: 201200124
  • Aloqa telefon raqami: 150-67-65
  • E-mail: -
  • Ishonch telefoni: 71-203-88-88
  • Sayt: www.agrobank.uz
-
Davlat banki
Aloqabank
Litsenziya raqami: 48, 22.03.1995
  • Omonatlar
    12
  • Kreditlar
    1
  • Bank kartalari
    7
  • Bankomatlar
    160

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.

Aksiyadorlik tijorat banki
ANOR BANK
Litsenziya raqami: 87, 22.08.2020
  • Omonatlar
    7
  • Kreditlar
    4
  • Bank kartalari
    5
  • Bankomatlar
    0

«ANOR BANK» AJ - tijorat raqamli bank. Biz tashrif buyurmasdan siz va sizning biznesingiz uchun bank xizmatlarini to‘liq taqdim etamiz.

Barcha xizmatlarni saytdan, mobil ilovasidan, yoki shunchaki sutkalik aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin. Biz aynan shunday konsepsiyani tanladik, chunki u bugungi kunda o‘zini to‘liq oqlay oladi. Mamlakat aholisi yanada mobilroq bo‘lib qoldi, raqamli texnologiyalardan foydalanishni va ko‘pgina xizmatlarni masofadan va dunyoning istalgan nuqtasidan sutka davomida olishni afzal ko‘radi. Shaharda bizning odatiy bo‘limlarimiz yo‘q, biz mamlakat bo‘ylab millionlab qurilmalarda erishimlimiz. Har bir mijozga nisbatan individual yondashuvni saqlab va ma‘lumotlarga ishlov berishda xavfsizlikni kafolatlab, har qanday so‘rovga maksimal operativ tarzda ishlov berish uchun biz ulkan sa‘y-harakatlar qildik.

ANORBANK rivojlanish strategiyasining asosi- mijozga yo‘naltirilganlik. Ziyraklik va yordam berish istagi - bank xodimlari amal qiladigan asosiy sabab.

  • Biz birinchi onlayn-servisni 2020 yilning sentyabr oyida ishga tushirdik
  • Bankning shtab-kvartirasi va yagona ofisi Toshkentda joylashgan. Shuningdek sutkalik aloqa markazi ishlaydi.
  • Yondashuvning soddaligi- bu boshidanoq biz tarqatishga qaror qilgan narsa. Biz odamlarga hayotda ham, biznesda ham bir qadam oldinda bo‘lish imkonini bermoqchimiz.

ANORBANK bilan hammasi oddiy:

Hech qanday bo'linmalar va navbatlar yoq. Har qanday operatsiyalar va barcha hisob-raqamlar sutka davomida har qanday joyda erishimli. Faqatgina smartfon va internetga kirish kerak.
Darhol yordam beramiz. Barcha to‘lovlar tushunarli va mutlaqo shaffof. To‘liq tarixni va bo‘lajak to‘lovlarning jadvalini har doim mobil ilovadan ko‘rish mumkin.
Har doim aloqadamiz. Yirik shaharlardan yiroqda yashaydigan yoki biznes yuritayotganlarga endi bankka borishning hojati yo‘q. Bankning o‘zi yoningizga keladi va qancha kerak bo‘lsa, shuncha qoladi.

Davlat banki
Asakabank
Litsenziya raqami: 53, 18.01.1996
  • Omonatlar
    9
  • Kreditlar
    1
  • Bank kartalari
    0
  • Bankomatlar
    169
-
Aksiyadorlik tijorat banki
ASIA ALLIANCE BANK
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
  • Omonatlar
    14
  • Kreditlar
    14
  • Bank kartalari
    19
  • Bankomatlar
    173

«ASIA ALLIANCE BANK» O‘zbekiston Respublikasining yosh va jadallik bilan rivojlanib borayotgan bankidir. Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan, 2009 yilning 15 avgustida bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan, 79-sonli Litsenziyasi asosida amalga oshiradi.

Bank xizmatlarining barcha asosiy bozorlari-kreditlashtirish, qimmatli qog‘ozlar, plastic kartalar bilan operatsiyalar, to‘lov-kassa xizmatlari ko‘rsatish, valyuta operatsiyalari, yuridik va jismoniy shaxslar resurslari bozorida Bank mustahkam o‘rniga ega. To‘g‘ri talangan strategiya, izchil moliyaviy siyosat, biznesni madaniyatli yuritish qadriyatlariga sodiqlik tufayli Bank kuchli va ishonchli hamkor degan nomga sazovor bo‘ldi.

Faoliyatining sohasi va maqsadi

Bank operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ruxsatnomasi (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.

Bank quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin:

  • Jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish, omonatlarga pul mablag‘larini jalb etish;
  • Kreditlarning qaytarishliligi, to‘lovliligi, ta’minlanganligi, maqsadliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan Bank mijozlariga – korxona, tashkilot va muassasalarga kreditlar berish;
  • Mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
  • Moliyaviy lizingni tashkillashtirish va amalga oshirish;
  • Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa operatsiyalarni barajarish;
  • Pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
  • Uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
  • Bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
  • Uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
  • Xalqaro bank amaliyotlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasida maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Aksiyadorlik tijorat banki
BANK APELSIN
Litsenziya raqami: 88, 01.11.2021
  • Omonatlar
    0
  • Kreditlar
    0
  • Bank kartalari
    0
  • Bankomatlar
    0

“Bank Apelsin” – O‘zbekistonning barcha hududlarida keng tarzda filial va vakolatxonalar tarmog‘iga ega bo’lgan “Kapitalbank” ATB guruhining sho’ba banki hisoblanadi. Apelsin banki jismoniy bo’linmalar va filiallarsiz aholiga raqamli formatda xizmatlar ko'rsatish uchun ishga tushirilgan. Xususan, Bank Apelsin moliyaviy mahsulotlar foydalanuvchilari va banklar o'rtasida o'ziga xos vositachi bo'lishni rejalashtirmoqda, ularning maqsadlari o'z ilovalarini qimmatga ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olmaydi.

Apelsin ilovasi 2019 yil dekabrida mamlakatimiz moliya bozoriga chiqdi. “Kapitalbank” ATB loyiha uchun texnik, resurs va moliyaviy baza sifatida ishtirok etmoqda. Ilova qisqa vaqt ichida bozor yetakchilari darajasiga ko‘tarilib, nafaqat bank ilovasi, balki “Kapitalbank” ATB mijozlari uchun ham, O‘zbekistondagi boshqa banklar mijozlari uchun ham keng ko‘lamli xizmatlarga ega to‘lov tizimi o‘rnini egalladi. To‘liq to‘lov xizmatiga aylanib, loyiha katta mijozlar bazasini to‘pladi: bugungi kunda Google Play va App Store ma’lumotlariga ko‘ra, Apelsindan 1 500 000 dan ortiq kishi foydalanmoqda.

Davlat banki
Biznesni rivojlantirish banki
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
  • Omonatlar
    7
  • Kreditlar
    11
  • Bank kartalari
    8
  • Bankomatlar
    143
-
Xususiy bank
Davr-bank
Litsenziya raqami: 71, 29.09.2001
  • Omonatlar
    7
  • Kreditlar
    8
  • Bank kartalari
    12
  • Bankomatlar
    49
-
Chet el kapitali ishtirokidagi bank
Eron "Soderot" bank
Litsenziya raqami: 2-D, 21.08.1999
  • Omonatlar
    2
  • Kreditlar
    10
  • Bank kartalari
    2
  • Bankomatlar
    1

Eron Saderat banki 1952 yilda tashkil etilgan va 10 dan ortiq davlatlarda 3500 dan ortiq o'z ofis va filiallari mavjud. Bankning bosh ofisi Tehron shaxrida joylashgan.

Saderatbank Tashkent O'zbekiston bilan Eron o'rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorlik doirasida ochilgan bo`lib , o'z faoliyatini 1999 yildan O'zbekiston hududida amalga oshirmoqda. Bank To'liq xorijiy sarmoya asosida ochilgan bank bo'lib, O`zbekiston hududida barcha bank xizmatlarini amalga oshiradi.

Ustivor vazifalardan biri Eron va O'zbekiston o'rtasidagi savdo operatsiyalariga xizmat ko'rsatish va ushbu sohada mijozlarga yngilliklar yaratish bank faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.

Aksiyadorlik tijorat banki
Garant bank
Litsenziya raqami: 42, 16.07.2022
  • Omonatlar
    3
  • Kreditlar
    13
  • Bank kartalari
    10
  • Bankomatlar
    205
-
Chet el kapitali ishtirokidagi bank
Hamkorbank
Litsenziya raqami: 64, 31.08.1991
  • Omonatlar
    23
  • Kreditlar
    7
  • Bank kartalari
    9
  • Bankomatlar
    458
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank uzoq yil faoliyati davomida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi – 47 filial va 100 dan ortiq bank xizmatlari ofislari. 50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Aksiyadorlik tijorat banki
Hayot Bank
Litsenziya raqami: 91, 16.03.2023
"HAYOT BANK" AJ - yangi raqamli tijorat banki.

Biz mijozlarimiz hayotini yaxshilaydigan, ularga qulay va arzon moliyaviy xizmatlarni taqdim etadigan adolatli va shaffof bank mahsulotlarini taklif qilish orqali an`analar va texnologik taraqqiyot uyg‘unligining namunasi bo‘lishga intilamiz.

Bizning vazifamiz zamonaviy raqamli xizmatlarni taqdim etish va mijozlar, xodimlar, bank va umuman jamiyatning o‘zaro farovonligi uchun hamma narsani qilishdir.
Chet el kapitali ishtirokidagi bank
InFinBank
Litsenziya raqami: 75, 09.01.2010
  • Omonatlar
    6
  • Kreditlar
    9
  • Bank kartalari
    7
  • Bankomatlar
    547
-
Aksiyadorlik tijorat banki
Ipak Yo‘li bank
Litsenziya raqami: 10, 21.10.2017
  • Omonatlar
    13
  • Kreditlar
    17
  • Bank kartalari
    17
  • Bankomatlar
    477

"Ipak Yo'li" aktsiyadorlik innovatsiya tijorat banki 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, bank 2017 yil 21 oktyabrdagi 10-sonli bank litsenziyasi asosida ishlaydi. Bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan. 2013 yildan beri Bankning aktsiyadori Osiyo taraqqiyot banki hisoblanadi. Ushbu bitim OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi sarmoyasi bo'ldi.

2020 yil ortasida - Germaniyaning taraqqiyot moliya instituti DEG-Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o‘zining Triodos Microfinance Fund orqali) «Ipak Yo‘li» AITB aksiyadorlik kapitaliga deyarli 25 million AQSh dollariga teng investitsiya kiritishdi. Investorlar yangi chiqarilgan aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan bankning aksiyadorlik kapitalidagi minoritar ulushini qo‘lga kiritdi, bu ularning O‘zbekistondagi bankning aksiyadorlik kapitaliga kiritgan ilk investitsiyasi hisoblanadi.

O'zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko'ra, uning faoliyati ko'lami bo'yicha "Ipak Yo'li" banki 2021-yilning birinchi yarmida 13-o'rinni egallab turibdi, bozor ulushi 2,03 foizni tashkil etdi.

Bank o'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha olib boradi:

  • Kichik va xususiy tadbirkorlik;
  • Korporativ biznes;
  • Chakana biznes;
  • Moliyaviy institutlar;
  • Investitsion biznes.

"Ipak yo'li" banki Toshkent shahrida va O'zbekiston Respublikasi viloyatlarida jami 16 ta filialga ega. Hozirgi vaqtda bizda viloyatlarda 8 ta filial, shuningdek Toshkent shahrida 8 ta filial, 36 ta mini-bank va 24 ta maxsus kassalar, 10 mingdan ortiq terminallar mavjud va 2019 yil davomida biz butun O'zbekiston bo'ylab 200 dan ortiq bankomatlar o'rnatdik va uladik. Bank mahsulotlari va xizmatlari aksariyat mintaqalarda taqdim etilgan, bundan tashqari, kelgusi 3 yil davomida Bank strategiyasiga muvofiq, mintaqalarda yana bir nechta filiallar ochilishi rejalashtirilgan.

Bankning raqamli kanallariga «Ipak Yo`li Mobile», «Biznes uchun Ipak Yo`li Mobile» mobil ilovalar va Internet Banking xizmati kiradi. 2017 yilda Bank respublika banklari ichida birinchilardan bo'lib, mijozlarga bir qator masofaviy xizmatlarni olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida, bankning raqamli kanallarini joriy etdi, xususan, uyali telefonlar va Internet-banklar uchun bank dasturini ishga tushirdi.

Davlat banki
Ipoteka-bank
Litsenziya raqami: 74, 30.04.2005
  • Omonatlar
    5
  • Kreditlar
    8
  • Bank kartalari
    6
  • Bankomatlar
    353

Ipoteka-bank O’zbekistondagi eng yirik banklardan biri sanaladi. Bank ushbu sektorda muhim o’rin tutadi va doimiy ravishda 8.4% dan ortiq bozor ulushi bilan mustahkam bozor pozitsiyasiyasiga ega bo’lib, jami aktivlari bo’yicha O’zbekistondagi 5 eng yirik bank hisoblanadi. 2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, uy-joy ipoteka kreditlari bozorida bozor ulushi 32 foizni tashkil etgan uy-joy ipoteka kreditlari bo‘yicha O‘zbekistonda 1-o‘rinni egallab mutlaq yetakchilik qilib kelmoqda.

“Ipoteka-bank” davlat tasarrufida bo'lishiga qaramay, asosan o'zining deyarli barcha mahsulotlarini tijorat asosida mijozlarga taqdim etadi. Bankning asosiy faoliyati tijorat va chakana bank ishi, qimmatli qog'ozlar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirishdir. Bundan tashqari, bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, mamlakat hududi va xorijdan pul o‘tkazmalari bo’yicha xizmatlarni ko‘rsatadi.

Aksiyadorlik tijorat banki
Kapitalbank
Litsenziya raqami: 69, 25.12.2021
  • Omonatlar
    8
  • Kreditlar
    4
  • Bank kartalari
    12
  • Bankomatlar
    948

"Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki O'zbekistondagi birinchi xususiy tijorat banklaridan biridir. 2001-yil aprel oyidan boshlab Bank O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida muvaffaqiyatli faolyat yurita boshladi. 2004-yilda "Aviabank" (Toshkent sh.) aksiyadorlik tijorat banki bilan birlashgandan so'ng, Bank aksiyadorlik tijorat banki sifatida qayta ro'yxatdan o'tkazildi. 2008-yil dekabr oyida Bank o'zining to'liq -"Kapitalbank" ochiq aksiyadorlik tijorat banki nomi bilan yangi tahrirdagi Nizomni ro'yxatdan o'tkazdi. Bank Markaziy bankning 2014-yil 29-dekabrdagi 69-sonli bank operatsiyalarini oʻtkazish bo'yicha litsenziyasiga, shuningdek, 2014-yil 29-avgustdagi 64-sonli chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun Bosh litsenziyasiga ega.

Tashkil etilganidan beri Bank yuqori sur'atlarda rivojlanib, korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ham, chakana savdo segmentida ham yuqori o'sishni namoyish etdi.

Vaqt o'tishi bilan innovatsiyalarning qat'iy ro'yxati bankka yangi texnologiyalar hisobiga mahalliy bozorda yetakchi o'rinni egallashga imkon berdi, bu ko'plab mijozlarga sifatli xizmatlar ko'rsatish, xalqaro miqyosda tan olinishga va mamlakatdagi eng ishonchli va moliyaviy barqaror banklardan biri sifatida obro'-e'tibor qozonishga sabab boʻldi.

Chet el kapitali ishtirokidagi bank
KDB Bank O‘zbekiston
Litsenziya raqami: 5, 21.10.2017
  • Omonatlar
    3
  • Kreditlar
    1
  • Bank kartalari
    9
  • Bankomatlar
    6

"KDB Bank O’zbekiston" AJ - O'zbekistondagi eng yirik xalqaro bankdir. Bankning asosiy aksioneri bank ustav kapitalidagi ulushi 86,32% bo'lgan, hamda yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eng yuqori kredit reytingi berilgan (Standard and Poor's - AA / Moody's - Aa2 / Fitch - AA-) Koreya Respublikasining "KDB Bank" (Koreya Taraqqiyot Banki) dir.

KDB biznesni rivojlantiriish va mintaqaviy iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun korporativ va investitsion bank xizmatlarini doimiy kengaytirib kelmoqda. KDB yirik moliya tizimi sifatida dunyoning 19 mamlakatida 10 ta filiali, 7 ta sho'ba tashkilotlari va 7 ta vakolatxonalari orqali faoliyat yuritadi.

Koreya Taraqqiyot Banki 1954 yilda Koreyaning sanoat tarmoqlari va milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam berish uchun yirik sanoat kapitalini yetkazib berish va boshqarish maqsadida tashkil etilgan. Hukumatning to'la egaligi ostidagi yetakchi bank bo'lgan KDB Koreyaning moliyaviy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.

"KDB Bank O'zbekiston" AJ (keyingi o'rinlarda "Bank") KDB (Koreya)ning mijozlarga bank xizmatlarini taklif etuvchi O'zbekistondagi bo'linmasi hisoblanadi. Mijozlarning asosiy qismini ishlab chiqarish sohasidagi xorijiy korxona filiallari va qo'shma korxonalar, savdo va xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan qo'shma korxonalar, shuningdek xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalari tashkil etadi.

Aksiyadorlik tijorat banki
Madad Invest Bank
Litsenziya raqami: 82, 22.10.2016
  • Omonatlar
    3
  • Kreditlar
    4
  • Bank kartalari
    5
  • Bankomatlar
    7
-
Davlat banki
Mikrokreditbank
Litsenziya raqami: 37, 13.05.2006
  • Omonatlar
    8
  • Kreditlar
    15
  • Bank kartalari
    8
  • Bankomatlar
    530
  • Manzil: 100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy
  • STIR: 200547792
  • Aloqa telefon raqami: 273-04-40
  • E-mail: -
  • Ishonch telefoni: 71-273-04-40
  • Sayt: www.mkbank.uz
-
Davlat banki
O‘zagroeksportbank
Litsenziya raqami: 83, 02.07.2017
  • Omonatlar
    0
  • Kreditlar
    0
  • Bank kartalari
    2
  • Bankomatlar
    6
-
Davlat banki
O‘zmilliybank
Litsenziya raqami: 22, 25.12.2021
  • Omonatlar
    11
  • Kreditlar
    14
  • Bank kartalari
    18
  • Bankomatlar
    269

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2019-yilda aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Qisqartirilgan nomi – «O‘zmilliybank» AJ. Bank ta’sischilari: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi.

«O‘zmilliybank» AJ aktivlari, kredit portfeli, kapitali, depozitlari va sof foydasi bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik tijorat bankidir. U universal bank sifatida korporativ va chakana mijozlar uchun keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi. Bank barqarorligi «Standard & Poor’s», «MOODY’S», «Fitch» kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklarining baholashlarida o'z ifodasini topmoqda.

«O‘zmilliybank» AJ bank faoliyatining barcha yo‘nalishlarida: chakana amaliyotlari, korporativ bank mijozlar, jumladan kichik va o‘rta biznesni kreditlash bo’yicha investitsion faoliyatni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga yirik investitsiya loyihalarini faol kreditlash, innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish, aholiga chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish, shuningdek, bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bank turli xizmat ko‘rsatish kanallariga ega: keng filial tarmog‘i, bankomat va terminallarning katta tarmog‘i, qulay raqamli kanallar – Milliy mobil ilovasi, Milliy veb-versiyasi va Ibank xizmati shular jumlasidan.

Davlat banki
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
  • Omonatlar
    6
  • Kreditlar
    12
  • Bank kartalari
    7
  • Bankomatlar
    386
To’liq rasmiy nomlanishi: “O’zbеkiston sanoat – qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki.
Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: “O’zsanoatqurilishbank” ATB. “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Bankning asosiy yirik aktsionеrlari: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB boshqa aksionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi: “O’ztransgaz” AK, Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi, “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK, “Absolute Investments Trust” MChJ, “Talimarjon IES” UK, “O’zbеkenеrgo” DAK, “Asset Invest Trust” MChJ, “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK.
Aksiyadorlik tijorat banki
Octobank
Litsenziya raqami: 70, 23.06.2001
  • Omonatlar
    0
  • Kreditlar
    0
  • Bank kartalari
    16
  • Bankomatlar
    50

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.

Hozirgi paytda Bank asositiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:

  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondashgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat. Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.

Xususiy bank
Orient Finans bank
Litsenziya raqami: 81, 19.06.2010
  • Omonatlar
    14
  • Kreditlar
    10
  • Bank kartalari
    14
  • Bankomatlar
    241

 “Orient Finans” xususiy aksiyadorlik-tijorat banki moliya olamida Sizning hamkoringizdir. Biz O‘zbekistonda 2010-yildan beri faoliyat yuritib kelamiz va uzoq yillar davomida insonlar va kompaniyalarning hurmati va sadoqatini uyg‘otadigan sifatli xizmatlarni yaratish uchun tajribalarimiz va kuchimizni sarflaymiz. Biz mijozlarimizning hayoti va ishlarini yaxshi tomonga o'zgartirishga, ularning o'sishiga yordam berishga, vaqtni tejashga va ularni zerikarli ishlardan ozod qilishga intilamiz.

Mijozlar

Hajmi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish. Har bir mijoz uchun individual yondashuv, yuqori e'tibor va samarali ish bizning mijozlar bilan munosabatlarimizning asosidir. Hozirda biz 600 000 dan ortiq mijozlarga (jismoniy shaxslar) va 16 000 dan ortiq korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatamiz.

Filiallar

Ayni paytda “Orient Finans” banki 12 yillik faoliyati davomida 7 ta filial, 5 ta minibank va 6 ta bank xizmatlari koʻrsatish markaziga ega. Barcha ofislar Termiz shahridan Toshkent viloyatigacha bo‘lgan strategik jihatdan muhim mavqega ega bo‘lib, bu mijozlarga yanada yaqinroq bo‘lishimizga va bank sohasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda tezkor yordam berishga yordam beradi. Bundan tashqari, raqamli dunyoda yanada yaqinroq bo'lish uchun biz bank xizmatlarining noyob masofaviy ofisini yaratdik.

Mukofotlar va yutuqlar

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi “Orient Finans” bankning uzoq muddatli kredit reytingini “B+”, qisqa muddatli kredit reytingini “B+” darajasida tasdiqladi, reytingni o‘zgartirish prognozi “Barqaror”.

Moliyaviy ko'rsatkichlar

Biz dunyoning yirik moliya institutlari bilan faol hamkorlik qilamiz. Eng yirik xalqaro banklarda vakillik hisobvaraqlarining mavjudligi xalqaro operatsiyalar va hujjatli operatsiyalarni tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi. Bizning bankimiz MasterCard, Visa International, Union Pay International va JCB to'lov tizimlarining to'liq printsipial ishtirokchisi hisoblanadi. Bu bizga terminallarimiz va bankomatlarimiz orqali dunyoning yirik toʻlov tizimlarining istalgan kartalariga xizmat koʻrsatish imkonini beradi.

Davlat banki
Poytaxt bank
Litsenziya raqami: 84, 29.12.2018
  • Omonatlar
    5
  • Kreditlar
    4
  • Bank kartalari
    3
  • Bankomatlar
    37
  • Manzil: 100063, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55 uy
  • STIR: 207290120
  • Aloqa telefon raqami: -
  • E-mail: -
  • Ishonch telefoni: 71-214-20-00
  • Sayt: www.poytaxtbank.uz
-
Aksiyadorlik tijorat banki
TBC Bank
Litsenziya raqami: 86, 11.04.2020
  • Omonatlar
    14
  • Kreditlar
    1
  • Bank kartalari
    3
  • Bankomatlar
    0

30 yillik tarixga ega boʻlgan TBC Bank Gruziya va Kavkazortining eng yirik banki hisoblanadi. 2016 yildan buyon TBC Bank aksiyalarining savdosi Londonning Stock Exchange London birjasida yuritiladi. Oʻtgan yil davomida TBC Bank aksiyalarining London fond birjasidagi kotirovkasi 44,95% foizga oʻsib, kompaniya aksiyalarining umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollaridan oshdi (784,14 mln funt sterling).

TBC Bank 2020 yilda mamlakatdagi birinchi raqamli bank sifatida Oʻzbekiston bozoriga kirib keldi. 2021 yil 1 mart holatiga TBC UZ ilovasi 1,9 million marta yuklab olingan. 2021 yil sentabr oyining oxirida ikki institutsional investorlar, ya’ni YTTB va IFC har biri TBC UZ da 20 foiz aksiyaga ega bo’lish bo’yicha shartnoma imzoladilar. Investorlarning har biri amalga oshiradigan birinchi to’lovi 9,4 million AQSh dollarni tashkil etgan.

Bank pul oʻtkazmalari, kreditlar, muddatli toʻlov, depozitlar, toʻlovlarni amalga oshirish, bank kartalarini berish kabi xizmatlarni raqamli formatda koʻrsatib kelmoqda. Barcha xizmatlardan TBC UZ ilovasi orqali foydalanish mumkin. TBC Bank mahsulotlari to’plamini yanada kengaytirish ustida ishlab kelmoqda va insonlar hayotini shu yerda va hozir osonlashtirishga bel bogʻlagan.

Aksiyadorlik tijorat banki
Tenge Bank
Litsenziya raqami: 85, 18.05.2019
  • Omonatlar
    4
  • Kreditlar
    10
  • Bank kartalari
    4
  • Bankomatlar
    39
"Tenge Bank" ATB universal bank bo'lib, zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank "Qozog'iston Xalq banki" OAJ (Halyk Bank) ning 100 foizli sho'ba korxonasi hisoblanadi.
Xususiy bank
Trastbank
Litsenziya raqami: 44, 27.12.2008
  • Omonatlar
    11
  • Kreditlar
    8
  • Bank kartalari
    8
  • Bankomatlar
    188

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 1994-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, mijozlarga barcha bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, bugungi kunda hududlarda 13 ta filial va 100 ga yaqin bank xizmatlari markazlarida malakali mutaxassislar tomonidan tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Biz mijozlarimizning bizga bo‘lgan ishonchini qadrlaymiz. Zero, “Trastbank” – ishonch bilan yuzma-yuz!

Davlat banki
Turonbank
Litsenziya raqami: 8, 31.12.1990
  • Omonatlar
    6
  • Kreditlar
    1
  • Bank kartalari
    9
  • Bankomatlar
    298
  • Manzil: 100011, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Abay ko‘chasi, 4a
  • STIR: 201055108
  • Aloqa telefon raqami: 144-60-00
  • E-mail: -
  • Ishonch telefoni: 71-244-38-76
  • Sayt: www.turonbank.uz
-
Aksiyadorlik tijorat banki
Universal bank
Litsenziya raqami: 68, 20.03.2001
  • Omonatlar
    8
  • Kreditlar
    7
  • Bank kartalari
    6
  • Bankomatlar
    87

«Universal Bank» aksiyadorlik-tijorat bankiga 2001-yilda asos solingan. “Universal Bank” bank operatsiyalarining asosiy turlarini, shu jumladan xususiy va korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatish, investitsiya banklari, xalqaro pul o’tkazmalari, shuningdek, konsalting va axborot xizmatlarini taqdim etadi. ATB “Universal Bank” korporativ va chakana segmentlarda faol ishlaydi. Rivojlangan bank texnologiyalaridan foydalanish, moslashuvchan tariflar, mijozlar biznesining o'ziga xos xususiyatlariga individual yondashish bankning moliyaviy ko'rsatkichlarining jadal o'sishi va bankni yanada muvaffaqiyatli bo'lishiga imkon beradi. Bank bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichiga ega bo'lib, bu xizmat turlarini kengaytirish, bozorning talablariga muvofiq yangi zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilashni o'z ichiga oladi.

ATB “Universal Bank”ning Farg'ona viloyatida, Namangan viloyatida, Toshkent shahrida va Zangiota tumanida, jami 7 ta filiali mavjud.
ATB “Universal Bank” faoliyatida tayanch tamoyil – mijozlarga xizmat ko‘rsatishda maksimal qulaylik va moslashuvchanlik. ATB “Universal Bank” bank guruhining joriy stratеgik ustuvor yo‘nalishlari qatorida foydani oshirish maqsadida aktivlar va passivlarni samarali boshqarish, qarzdor sifatiga yo‘nalgan holda krеdit portfеlini muntazam o‘stirib borish, vositachilik foydasini oshirish, qarz kapitali bozoriga mablag‘larni ko‘proq jalb etish, hisob-kitob biznеsi va masofadan xizmat ko‘rsatish kanallarini yanada rivojlantirishni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bankning mijozlar bazasini sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, kredit, moliya va sug‘urta kompaniyalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashkil etadi.

Davlat banki
Xalq banki
Litsenziya raqami: 25, 21.10.1993
  • Omonatlar
    13
  • Kreditlar
    8
  • Bank kartalari
    9
  • Bankomatlar
    1297
  • Manzil: 100096, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 46-uy
  • STIR: 207215726
  • Aloqa telefon raqami: 71-200-00-55
  • E-mail: info@xb.uz
  • Ishonch telefoni: 1106
  • Sayt: www.xb.uz
-
Chet el kapitali ishtirokidagi bank
Ziraat Bank Uzbekistan
Litsenziya raqami: 1, 13.05.1993
  • Omonatlar
    9
  • Kreditlar
    11
  • Bank kartalari
    4
  • Bankomatlar
    16

«Ziraat Bank Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etilgan va O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o`rnatilgan tartibda ro`yxatga olingan moliyaviy muassasa hisoblanadi. Mamlakatimizning moliyaviy xaritasida "O'zbekiston-Turkiya banki" yopiq aktsiyadorlik jamiyati xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan tijorat banklari orasida birinchi moliyaviy-kredit muassasasi bo'ldi. U 1993 yilda 2 ta yirik bank - Turkiyaning "Ziraat bankasi" va O`zbekistonning "Agrobank"i kapitali ishtirokida tashkil topdi.

2017 yil 30 noyabrda Turkiyaning "Ziraat Bankasi" «UTBANK»ning "Agrobank" OAJdagi 50% aksiyalar paketini to`liq sotib olishi hisobiga O'zbekiston-Turkiya bankining to'liq sohibi bo'ldi. Mazkur bitim tuzilganidan so'ng, "UTBANK" OAJning yagona aktsiyadori hisoblangan Turkiya Respublikasi Davlat Banki hisoblangan "Ziraat Bankasi" bankning nomini "Ziraat bank Uzbekistan" deb o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qildi. Turk tomonidan investitsiyalarning kiritilishi - O'zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan va rivojlantirish strategiyasidan bir yo'nalishni amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar natijasidir.

"Ziraat bank Uzbekistan" ning yagona aksiyadori - Turkiya Respublikasi Davlat Banki hisoblangan "Ziraat Bankasi" bir yarim asrlik tarixga ega. "Ziraat Bankasi" Turkiyadagi eng yirik kredit tashkilotidir, unig Turkiyada 1,800 dan filiallari mavjud bo`lib, o`z mijozlariga korporativ, savdo, qishloq xo'jaligi va chakana xizmatlari bo`yicha bank xizmatlarini taqdim etadi.

Ko‘p beriladigan savollar