Kobeyj (co-badge) kartalari – bir vaqtning oʻzida bir nechta toʻlov tizimlaridan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshirishga imkon beruvchi zamonaviy plastik kartalardir.
Universalbank tomonidan Uzcard ва UnionPay toʻlov tizimlarining kobeyj kartalari beriladi. Ushbu kartadan foydalanib Oʻzbekiston hududida barcha Uzcard terminallari orqali toʻlovlarni amalga oshirish hamda bankomatlardan naqd pul mablagʻlarini olish mumkin. Shuningdek, xorijda istalgan UnionPay terminallari va bankomatlari orqali kartadagi mablagʻlardan foydalanish imkoniyati mavjud.
Kobeyj kartalarini toʻldirish milliy valyuta – soʻmda amalga oshiriladi. Xorijda chet el valyutasida toʻlovlar amalga oshirilganida, mablagʻlar amaldagi bank kursi asosida milliy valyutada yechiladi. Ushbu kartalar shuningdek kontaktsiz (NFC) texnologiyasi asosida toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Kobeydj kartalaridan chet elda naqd pul mablagʻlari yechilganida har bir tranzaksiyadan (summasidan qat’iy nazar) 15000 soʻm hamda terminal yoki bankomat orqali karta balansini koʻrish uchun 5000 soʻm komissiya olinadi. Boshqa xizmatlar, shu jumladan terminallar orqali naqdsiz toʻlovlar uchun hech qanday qoʻshimcha komissiya olinmaydi.
Hujjatlar
-
Bank haqida
Universal bank
Litsenziya raqami: 68, 20.03.2001
Manzil:
150700, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Shoxruxobod ko‘chasi