Omonat bank filiallari bo'linmalarida hamda "Asakabank" mobil ilovasi orqali rasmiylashtiriladi.
Omonat shartlari:
Minimal mablag' qabul qilish miqdori – 100 000 so'm.
Maksimal badal miqdori - cheklanmagan.
Мinimal saqlash muddati - 1 oy.
Маksimal saqlash muddati - 24 oy.
Omonatga hisoblangan foizlar har oyda yoki omonat muddati tugaganidan so'ng beriladi.
Omonatga qo'shimcha mablag' kiritish mumkin.
Omonatchi, omonatni muddatdan oldin so'ndirsa, milliy valyutada 1 oydan 12 oygacha – 14%, 12 oydan 18 oygacha – 16%, 18 oydan 24 oygacha – 18%miqdorda foiz to'lanadi.
"Asakabank" mobil ilovasi orqali rasmiylashtirilganida yillik +2% qo'shib beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi + 4%
Omonatchi 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgunga qadar jamg‘arma omonatini qaytarib olishi mumkin emas. Omonatni kirituvchi uchinchi shaxslar (omonatchining vasiyi, farzandlikka oluvchisi yoki homiysi) ushbu omonatni qaytarib olish, talab qilish yoki tasarruf etish huquqiga ega emas. Agar omonatchi 18 yoshga kirgunga qadar vafot etsa, uning nomiga qo‘ygan uchinchi shaxs topshirig‘iga (ko‘rsatmasiga) asosan boshqa omonatchiga yoki uchinchi shaxs o‘ziga o‘tkazib beriladi.
“Kelajak” milliy valyutadagi jamg'arma omonat turiga mablag'lar jismoniy shaxslardan bankning barcha filiallari tomonidan bolalar nomiga ochiladi va bola 16 yoshga to'liq to'lgunga qadar saqlanadi. Omonatchiga “Kelajak” omonatidagi pul u 16 yoshga to'liq to'lganda hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) taqdim etgandan keyin beriladi.
Omonat mablag'i muddatidan avval yechilganda foiz daromadlari to'lanmaydi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa omonatlarning yillik foiz stavkasi mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Omonatga foizlar mablag` kelib tushgan kunning keyingi kunidan boshlab, omonatchi hisobvarag`idan o`chirilishidan oldingi kunga qadar hisoblanadi. Omonatdagi pul mablag`lari muddatidan oldin talab qilib olinsa, muddati tugagandan keyingi saqlangan davr uchun yoki boshqa hollarda omonat qoldig`iga turgan muddati uchun foizli daromad “Talab qilib olinguncha” omonat foizida to`lab beriladi
Omonatning saqlash muddati - bolalar 16 (o‘n olti) yoshga to‘liq to‘lguniga qadar
Bankning chakana amaliyotlar kassalari orqali naqd va naqdsiz shaklda pul mablag`lari qabul qilinadi
Oldindan to`lab berilgan foiz daromadi omonat qoldig`idan ushlab qolinadi
Qo`yilgan mablag`lar saqlash muddati tugagandan keyin to hisobvaraq yopilgunga qadar avtomat tarzda “Talab qilib olinguncha” omonati foizida daromad hisoblanadi
Bank omonat shartnomasi yoki omonat daftarchasi rasmiylashtiriladi
Аgar omonatchi, muddatli omonatini bank omonati shartnomasida koʼrsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilmoqchi boʼlsa, omonatchi bu haqida bankni omonatini qaytarib olishni rejalashtirayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim. Omonat muddatidan oldin (13 oy to‘lmasdan) qaytarib olinganda shartnoma
shartlari buzilgan hisoblanadi, omonatga hisoblangan foizlar
to‘lanmaydi.
Omonat belgilangan muddatidan ilgari olinganda, foizlardagi farq omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi hamda saqlangan kunlar uchun "Talab qilib olinguncha" omonat turi bo'yicha belgilangan foiz stavkasida qayta hisob-kitob qilinadi.
Ushbu omonat turiga mablag‘lar faqatgina voyaga yetmagan shaxslar nomiga rasmiylashtiriladi. Bunda hujjatlar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki vasiyi tomonidan imzolanadi. Omonat mablag‘lari faqatgina omonat hujjatlarini imzolagan shaxs tomonidan nazorat qilinadi.
Omonatni hisoblash
Bankka omonat qo‘yishda foizlar qiziqtiradimi?
Omonat kalkulyatoridan foydalaning: Asosiy maydonlarga ma'lumotlarni kiriting va omonat bo‘yicha har oylik foizlarni kalkulyator o‘zi hisoblaydi.