1.Pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
2.Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning FB CRM yagona oyna dasturi orqali ham olinishi mumkin);
3.Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va to‘lov mikdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
4.Ta’lim krediti qaytarilishining ta’minotiga doir hujjatlar va zarur hollarda garov mulkini baholash yuzasidan mustaqil baholash tashkiloti hisoboti;
5. “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun)
Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda qarz oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
Ish haqi (kamida 6 oy), yoshga doir pensiya, shaxsiy yordamchi, dehqon xo‘jaligi, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha asosiy hisobvarag‘i barcha pul tushumlarining 10% (kamida 6 oy).
Qo‘shimcha shartlar
a) ta’lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
b) doimiy ish joyiga, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ta’lim krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
v) ta’lim kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.