Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1051
  • Yangilangan sana: 8 May 2024, 14:29

Ta'lim krediti

  • 1047
  • Yangilangan sana: 8 May 2024, 14:29
  • 14%
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 11 yil va 6 oyg...
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: talabaning rasmiy o‘qishni tamomlashning belgilangan yakuniy muddati + 6 oy
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud emas
  • Ta'minot summasi: Kredit miqdorining kamida 125%
  • Ta'minot turi: uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida ajratiladi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi tushganda foiz miqdori pasayadi, oshgan holatda o‘zgarishsiz qoladi).
Hujjatlar
Pasport 

Daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

Talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov mikdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun).

Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
Oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalar;

Ish haqi (kamida 6 oy);

Yoshga doir pensiya;

a) ta'lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

b) doimiy ish joyiga, shuningdek ta'lim krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;

v) ta'lim kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Qo‘shimcha shartlar
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi shaklda tahsil oluvchi talabalarning taʼlim shartnomasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi kredit.

Kredit miqdori - oʻquv yili uchun tuzilgan shartnomaning 100% koʻp boʻlmagan miqdorda.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʼlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin. Birgalikda qarz oluvchilar 3 kishidan oshmasligi lozim.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar