Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 854
  • Yangilangan sana: 15 Jul 2024, 16:43

Istalgan turar-joy uchun ipoteka

  • 855
  • Yangilangan sana: 15 Jul 2024, 16:43
  • 26% dan
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 15 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 20%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): sotib olinayotgan uy-joy qiymati
Foiz stavkalari
26 %

26 % yillik stavkada

Kredit muddati: 7 yilgacha

Imtiyozli davr (differensial grafikda): 3 oygacha



27 %

27 % yillik stavkada

Kredit muddati: 10 yilgacha

Imtiyozli davr (differensial grafikda): 8 oygacha



28 %

28 % yillik stavkada

Kredit muddati: 15 yilgacha

Imtiyozli davr (differensial grafikda): 18 oygacha






27 %

27 % yillik stavkada

Kredit muddati: 15 yilgacha

Imtiyozli davr (differensial grafikda): 24 oygacha





Hujjatlar
  • Pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
  • “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs” ma’lumotnomasi (zarur hollarda);
  • Dastlabki uy-joy oldi-sotdi shartnomasi;
  • Uy-joy kadastri va egalik huquqini tasdiqlovchi hujatlar (kadastr hujjati rasmiylashtirilgan uy-joylar uchun);
  • Uy-joy qurilishi bo’yicha tegishli ruxsatnoma, tasdiqlangan loyiha smeta hujjati, ekspertiza xulosasi (foydalanishga topshirilmagan va kadastr hujjati rasmiylashtirilmagan uy-joylar uchun);
  • Ipoteka ob’ekti bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (zarur hollarda);
  • Shuningdek, mijozni o‘rganish davomida qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.








Qo'shimcha kredit xarajatlari:

  • Xonadon sotib olish va sotish bo'yicha notarius xizmatlari uchun xarajatlar;

  • Mulk huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun kadastr xarajatlari;

  • Uy sug'urtasi (Birlamchi bozordan uy-joy sotib olishda ipoteka predmeti (uy-joy)ni sug‘urta xavlaridan sug‘urta qilish talab qilinmaydi)






Talablar
    • Kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi;
    • Qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
    • Avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
    • Kamida 6 oy davomida doimiy daromadga ega ekanligi;
    • Sug'urta shartnomasi va polisi kreditning to'liq muddatiga tuziladi. (Birlamchi bozordan uy-joy sotib olishda ipoteka predmeti (uy-joy)ni sug‘urta xavlaridan sug‘urta qilish talab qilinmaydi)
    • Daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar (bank xodimi tomonidan Crobs dasturi orqali elektron ma'lumotlar olinadi).
Qo‘shimcha shartlar

-ipoteka krediti sud qarorlariga asosan undiruvga qaratilgan uy-joylarni sotib olish uchun berilmaydi.
-kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy yaqin qarindoshlar oʻrtasida oldi-sotdi qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda, qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi va sotuvchi oʻrtasidagi yaqin qarindoshlik aloqalari ham hisobga olinishi lozim.
-ipoteka krediti boʻyicha ijobiy qarori qabul qilingandan soʻng, mijoz tomonidan boshlangʻich badal mablagʻlari “Kafolat-3” nomli milliy valyutadagi jamgʻarma omonatiga shakllantiriladi va kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy garov qoʻyilgandan soʻng sotuvchining tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
-bunda, qarz oluvchi tomonidan boshlangʻich badal mablagʻlari toʻgʻridan-toʻgʻri pudrat tashkiloti (birlamchi bozordagi xonadon uchun)hisobvaragʻiga oʻtkazilgan hollarda, pul mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjati ilova qilinadi.
Shuningdek, birlamchi bozorda qurilayotgan uy-joy foydalanishga topshirilib kadastr hujjatlari to’liq rasmiylashtirilguniga qadar boshqa ko‘chmas mulk garovi taqdim qilinishi mumkin. Bunda, kredit hisobiga sotib olingan uy-joyning kadastr hujjati rasmiylashtirilgandan so‘ng, kredit bo‘yicha garov ta'minoti ushbu uy-joy ipotekasiga almashtiriladi.







Maxsus shartlar:

- birlamchi bozordan xonadon sotib olishda boshlang’ich badal miqdori kamida 40 foizni shakllantirgan oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtgan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ularning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga olgan holda ipoteka krediti ajratilishi mumkin. Bunda, qarz oluchining qarz yuklamasi oʼzini oʼzi band qilgan fuqaro tomonidan tasdiqlangan bir oylik oʼrtacha daromad va xarajatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotoma asosida skoring qilinadi. (kadastri rasmiylashtirilgan uy joylar uchun).











Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar