Omonat bo‘yicha foiz daromadi omonatni saqlash muddati va uning shartlaridan, shu jumladan qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishidan kelib chiqib avtomatik tarzda hisoblanadi.
Foizlar to‘liq saqlangan oylar uchun to‘lanadi.
Omonatning foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan asosiy stavka, pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishi, pul bozoridagi tebranishlar va boshqa holatlarni hisobga olgan holda Bank tomonidan pasaytirilishi mumkin.
Foiz stavkasi pasaytirilishidan kamida 15 kalendar kuni oldin omonatchiga tegishli xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 15 kalendar kun o‘tgach yangi foiz stavkasi qo‘llaniladi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi, bu esa mijozlar mablag‘larining qo‘shimcha himoyasini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bankka joylashtirilgan omonatlar davlat himoyasida bo‘ladi.
Omonatlarni qoplashning kafolatlangan summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.
Банкка омонат қўйишда фоизлар қизиқтирадими?
Омонат калькуляторидан фойдаланинг: Асосий майдонларга маълумотларни киритинг ва омонат бўйича ҳар ойлик фоизларни калькулятор ўзи ҳисоблайди.