Omonat muddati – 24 (yigirma to‘rt) oy;
Omonat valyutasi - milliy valyuta (so‘m);
Omonatning eng kam miqdori – 3 000 000 (uch million) so‘m;
Omonatni qabul qilish shakli - naqd yoki naqdsiz shaklda;
Omonatni qaytarish shakli - omonat kiritilgan valyutada;
Omonatni qisman qaytarish - ko‘zda tutilmagan;
Qo‘shimcha badal kiritish - Ko‘zda tutilmagan;
Omonatchi tashabbusi bilan omonat muddatidan avval qaytarib olinganda, foizlar to‘lanmaydi;
Omonat foizini hisoblash - Omonat foizlari pul mablag‘larini bankka kelib tushgan kunidan keyingi kundan boshlab, uni Omonatchiga qaytarilgan kungacha yoki boshqa asoslarga ko‘ra Omonatchining hisob raqamidan yechilgan kungacha hisoblanadi;
Omonat foizini to‘lash shakli - har oyda, yakuniy hisob-kitob omonatning qaytarilish kunida amalga oshiriladi;
Foizlar miqdori mablag‘larning omonatda amalda turgan kuni uchun to‘lanadi;
Оmonat foizlari kapitalizatsiya qilinmaydi;
Omonatchi tashabbusi bilan omonat muddatidan avval qaytarib olinganda, omonatchi tomonidan bu xaqida bankka 30 (o‘ttiz) ish kuni oldin yozma habar beriladi.
Bankka omonat qo‘yishda foizlar qiziqtiradimi?
Omonat kalkulyatoridan foydalaning: Asosiy maydonlarga ma'lumotlarni kiriting va omonat bo‘yicha har oylik foizlarni kalkulyator o‘zi hisoblaydi.