Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 365
  • Yangilangan sana: 29 Jan 2022, 18:57

Loyiha haqida

Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
Portalning maqsadi

Jismoniy shaxslar uchun О‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarni olish maqsadida xizmatlarni izlash, taqqoslash va o‘zlariga ma’qul bo‘lgan xizmatlarni tanlash imkonini beruvchi onlayn platforma yaratish.

Afzalliklar
  • Doimo dolzarb va tо‘liq ma’lumotlar bazasi
  • Taqqoslashning aniqligi va xolisligi
  • Tanlangan shartlar va maqsadlarga mos qulay moliyaviy xizmatlar to‘plami
  • Kunlik eng yaxshi takliflar
  • Iste’molchining mablag‘i va vaqtini tejash
  • Har bir foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash
  • Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish
Biz siz uchun ko‘plab
moliyaviy mahsulotlarni jamladik
  • Kreditlar
  • Omonatlar
  • Bank kartalari
Portal qanday ishlaydi?

Moliyaviy xizmatlar portali moliyaviy xizmatlarning katta tanlovini tezda tushunishga va qisqa vaqt ichida eng qulay qarorni qabul qilishga yordam beradi.

  • 1
    qadam
    Yuzlab takliflar orasidan izlash
    Sizga kerak bо‘lgan ma’lumotni topishga yordam beruvchi “aqlli” parametr kiritish tizimidan foydalaning
  • 2
    qadam
    Taqqoslash uchun variantlarni tanlang
    Portalda turli toifadagi moliyaviy xizmatlarni taqqoslash uchun qulay vosita mavjud
  • 3
    qadam
    Bank vakili bilan bog‘laning
    Batafsil axborotga ega bo‘liash uchun portalimizda О‘zbekiston Respublikasi banklarining barcha zarur aloqa ma’lumotlari mavjud
Nima uchun kerak?

Mazkur platforma doirasida iste’molchilar uchun о‘z ehtiyojlari va talablariga mos keladigan moliyaviy xizmatlarni tanlash imkoniyatiga ega bо‘lgan portal yaratish. Portal iste’molchini qiziqtirgan banklar haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Portalning asosiy afzalligi – foydalanuvchilarga taklif etilayotgan xizmatlarni tanlash va ularni taqqoslash, shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish, tanlangan moliyaviy xizmatlar bо‘yicha zarur ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi vositalar tо‘plamidir.

Iste’molchi belgilangan mezonlar bо‘yicha taqqoslash uchun tizimlashtirilgan ma’lumotlar yordamida moliyaviy xizmatlarni tanlash imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bular belgilangan parametrlar boʻyicha saralangan roʻyxatlar boʻlishi mumkin (masalan, bank depozitlarini (omonatlarini) foiz stavkasi boʻyicha saralash, kredit mahsulotlarini foiz stavkasi va muddati boʻyicha tanlash).

Ma’lumotlar kreditlar, depozitlar, bank kartalari, pul о‘tkazmalar xizmatlari, bankomatlar va barcha banklar uchun joriy valyuta kurslari kesimida taqdim etiladi.

Portalning vazifalari
  • О‘zbekiston Respublikasi banklari moliyaviy xizmatlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish
  • Iste’molchilarning individual sо‘rovlariga kо‘ra moliyaviy xizmatlarni izlash
  • Mavjud variantlarni taqqoslash imkoniyati
  • Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish
  • Moliyaviy xizmatlar ommabopligini va aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish
  • О‘zbekiston Respublikasi banklarining moliyaviy xizmatlarini monitoring qilish
  • Moliyaviy xizmatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangilab borish va ularning dolzarbligini ta’minlash
  • Iste’molchi tomonidan moliyaviy xizmatlarni tanlash bо‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etish