Jismoniy shaxslar uchun О‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarni olish maqsadida xizmatlarni izlash, taqqoslash va o‘zlariga ma’qul bo‘lgan xizmatlarni tanlash imkonini beruvchi onlayn platforma yaratish.
Moliyaviy xizmatlar portali moliyaviy xizmatlarning katta tanlovini tezda tushunishga va qisqa vaqt ichida eng qulay qarorni qabul qilishga yordam beradi.
Mazkur platforma doirasida iste’molchilar uchun о‘z ehtiyojlari va talablariga mos keladigan moliyaviy xizmatlarni tanlash imkoniyatiga ega bо‘lgan portal yaratish. Portal iste’molchini qiziqtirgan banklar haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Portalning asosiy afzalligi – foydalanuvchilarga taklif etilayotgan xizmatlarni tanlash va ularni taqqoslash, shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish, tanlangan moliyaviy xizmatlar bо‘yicha zarur ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi vositalar tо‘plamidir.
Iste’molchi belgilangan mezonlar bо‘yicha taqqoslash uchun tizimlashtirilgan ma’lumotlar yordamida moliyaviy xizmatlarni tanlash imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bular belgilangan parametrlar boʻyicha saralangan roʻyxatlar boʻlishi mumkin (masalan, bank depozitlarini (omonatlarini) foiz stavkasi boʻyicha saralash, kredit mahsulotlarini foiz stavkasi va muddati boʻyicha tanlash).
Ma’lumotlar kreditlar, depozitlar, bank kartalari, pul о‘tkazmalar xizmatlari, bankomatlar va barcha banklar uchun joriy valyuta kurslari kesimida taqdim etiladi.