KREDIT MIQDORI
Qarz oluvchi kredit olish jarayonida quyidagi harajatlarni amalga oshiradi:
Taqdim etiladigan hujjatlar
Qarzdorga qo‘yilgan talablar
Shaharlarda - 18%
Qishloq joylarda - 17%
*Kreditning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – o’zgarishsiz qoladi.
Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:
a) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi);
b) Yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha uy-joy qurish uchun qurilish materiallari sotib olish va (yoki) qurilish ishlarini bajarish bo’yicha shartnoma(lar);
c) Mijozning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
d) Mijoz va turmush o’rtog’ining ikkalasi ham birinchi marotaba turmush qurganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
e) Qo’shimcha uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) nusxasi;
f) Qo’shimcha uy-joy quriladigan yakka tartibdagi xonadonning kadastr hujjati nusxasi;
g) Qo’shimcha uy-joyni qurish ishlari bo’yicha loyiha smeta hujjatlari va smeta bo’yicha ekspertiza xulosasi;
h) kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganiladi.
Daromadlari to'grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to'grisida ma'lumotnoma taqdim qilinadi.
Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim:
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunda 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va 30 (o’ttiz) yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar bo’lishi (bunda, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan va ikkala tomon ham birinchi marotaba nikohdan o’tgan bo’lishi lozim);
- doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq har oyda to’lash uchun etarli bo’lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan shaxslar;
- Qarz yuki ko’rsatkichi 70 (yetmish) foizdan yuqori bo’lmagan shaxslar;
- yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 (o’n besh) foizi miqdorida dastlabki badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;
- ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha yordam olmagan bo’lishi;
- yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo’lishi;
- kredit ajratishni ko’rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan shaxslar.
Qarz yuki ko’rsatkichi hisob-kitoblarida Mijoz va Birgalikda qarz oluvchilarning o’rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o’rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Qarz oluvchi oxirgi 12 oydan kamida 6 oyida daromad manbaiga ega bo’lishi lozim.
Kreditni qaytarish va u bo’yicha foizlarni to’lash mijozning xohishiga ko’ra annuitet yoki differensial usulida Bank va Qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hamda to’lov grafigi bo’yicha amalga oshiriladi.
- Ipоtеkа krеditi оlish uchun аrizа bеrgаn kun 18 yoshgа to’lgаn vа 60 yoshdаn оshmаgаn O’zbеkistоn Rеspublikаsi fuqаrоsi bo’lishi kеrаk;
- fuqаrо dоimiy ish jоyiga ega yoki shахsiy yordаmchi хo’jаligidаn, dеhqоn хo’jаligidаn yoki yakkа tаdbirkоrlikdаn dоimiy dаrоmаd оlаdigаn vа оlgаn dаrоmаdi to’lоv jаdvаligа muvоfiq ipоtеkа krеditigа hisоblаngаn оylik fоizni to’lаshgа vа аsоsiy qаrzni qаytаrishgа yеtаdigаn bo’lishi tаlаb qilinаdi;
- qаrz yuki dаrоmаdning 70 fоizidаn оshib kеtmаsligi kеrаk;
- ipоtеkа krеditi оlish uchun bеrgаn аrizаsi ko’rib chiqilаdigаn sаnаdа bоshqа krеdit tаshkilоtlаridаn muddаti o’tgаn qаrzi bo’lmаsligi lоzim.
- tayyor holda topshirish sharti asosida kvartira.
Toshkent shahrida 416 500 000,0 so’mgacha;
Boshqa hududlarda 327 250 000,0 so’mgacha.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.