O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4 %
Ish haqi loyihasi doirasida — asosiy stavka + 3 %
Hujjatlar
shaxsni tasdiqlovchi hujjat — asli;
harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma taqdim etilganda, qo‘shimcha ravishda pasport nusxasi ham talab etiladi;
daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar / elektron ma’lumotlar;
auksion savdolarida yutganlik hamda to‘lovni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma — zarur hollarda;
davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — zarur hollarda;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma — zarur hollarda;
mehnat migrantlari uchun — «labor-migration» dasturi majmuasida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, elektron dasturdan foydalanish imkoni bo‘lmagan hollarda — zarur hollarda;
mehnat migrantlari uchun — oxirgi 6 oy davomida uning oila a’zolari (yaqin qarindoshlari) nomiga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki tegishli dasturdan yoxud internet saytidan ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollardagi ma’lumotlar — zarur hollarda;
birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomasi, kadastr hujjatlari va topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
qurilish obyektining qurilishga ruxsatnomasi — faqat subsidiya asosida ajratiladigan ipoteka kreditlari uchun, zarur hollarda;
ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan hollarda «Subsidiya xabarnomasi» — zarur hollarda;
shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
ilgari olingan kreditlar, mikrokreditlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
sotib olinayotgan uy-joy bo‘yicha yetarli boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
mazkur dastur doirasida ipoteka krediti undan birinchi marta foydalanayotgan shaxslarga ajratiladi, bunda 2024-yil 1-martgacha olingan kreditlar hisobga olinmaydi;
oxirgi davrlarda 90 kundan ortiq 3 va undan ortiq kechikish holatlari mavjud bo‘lsa, kredit ajratish rad etilishi mumkin.
Qo‘shimcha shartlar
2026-yil 1-apreldan boshlab mazkur kredit mahsulotidan avval foydalangan jismoniy shaxslarga, oldingi ipoteka krediti to‘liq so‘ndirilgan taqdirda, kreditni takroran ajratishga ruxsat beriladi;
2026-yilda takroran olish oxirgi 1 yil ichida rasmiylashtirilgan kreditlar bo‘yicha mumkin;
2027-yilda — oxirgi 2 yil ichida rasmiylashtirilgan kreditlar bo‘yicha;
2028-yildan boshlab — oxirgi 3 yil ichida rasmiylashtirilgan kreditlar bo‘yicha;
qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini aniqlash imkoni bo‘lmaganda yoki daromadi yetarli bo‘lmaganda, qarz yuklamasi qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan o‘rtacha bir oylik daromaddan kelib chiqib hisoblanadi, bunda taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi majburiy tartibda tekshiriladi;
mahsulot bo‘yicha aniqlangan firibgarlik holatlari soni 5 ta va undan ortiq bo‘lganda, mahsulot sotuvi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha shartlar
Kreditning maqsadi
Birlamchi uy-joy bozoridan (foydalanishga topshirilgan, xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) xonadon sotib olish uchun
Kreditning asosiy shartlari
Kredit miqdori:
Toshkent shahrida — 480 mln so‘mgacha
Hududlarda — 380 mln so‘mgacha
Kredit muddati — 20 yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov — 15 % dan
To‘lov usuli — annuitet yoki differensial (qarz oluvchining tanloviga ko‘ra)
Boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun — 30 mln so‘m
Foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash — kreditning birinchi 5 yili davomida
Qarz oluvchi kamida 5 % o‘z mablag‘i bilan qatnashadi
Subsidiya xabarnomasi 4 oy amal qiladi
Ta’minot
Sotib olinayotgan xonadon bankka garov sifatida rasmiylashtiriladi
Kredit garov rasmiylashtirilgandan so‘ng ajratiladi
Xonadonni majburiy sug‘urtalash talabi mavjud emas
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.