Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 730
  • Yangilangan sana: 7 Feb 2024, 09:05

Yangi uyga ipoteka

  • 731
  • Yangilangan sana: 7 Feb 2024, 09:05
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oygacha
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): kredit miqdorining 100%dan kam emas
Foiz stavkalari
Yillik 18%
Hujjatlar
  1. Pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  2. Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
  3. “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs” ma’lumotnomasi (zarur hollarda);
  4. Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnoma va unga ilova qilingan uy joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi (hokim qarori / kadastr hujjatlari);
  5. Ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan hollarda “Subsidiya xabarnomasi” (zarur hollarda);
  6. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish Komissiyasining uy-joyga muhtoj xotin-qizlar bo‘yicha qabul qilgan qarori. (zarur hollarda).
  7. Shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Talablar
Ipoteka rediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

Qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;

Kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

Kamida 4 oy davomida doimiy daromadga ega bo'lishi lozim.
Qo‘shimcha shartlar
Kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun kreditlar ajratish miqdori:
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar uchun 327 500 000 so'mgacha
Toshkent shahri uchun 416 500 000 so'mgacha

- qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko'rsatgichi belgilangan me’yordan yuqori bo’lganda, ularning bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki ko'rsatkichini hisoblashda qo’shilishi mumkin;
- xonadon sotib olishda boshlang’ich badal miqdori kamida 30 foizni shakllantirgan oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtgan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ularning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga olgan holda ipoteka krediti ajratilishi mumkin. Bunda, qarz oluchining qarz yuklamasi oʼzini oʼzi band qilgan fuqaro tomonidan tasdiqlangan bir oylik oʼrtacha daromad va xarajatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotoma asosida skoring qilinadi. (subsidiya xabarnomasi asosida ajratiladigan ipoteka kreditlari bundan mustasno).
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar