Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 220
  • Yangilangan sana: 7 Oct 2026, 12:18

  • 221
  • Yangilangan sana: 7 Oct 2026, 12:18
  • 23 % dan
    Foiz stavkasi
  • 2 mln so‘m
    Eng kam miqdori
  • 4 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: naqd pul / bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 125%
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari

Bankning ish haqi loyihasi mijozlari uchun


Mikroqarz muddati Yillik foiz stavkasi
12 oygacha 24 %
24 oygacha 25 %
36 oygacha 26 %
48 oygacha 28 %


Barcha mijozlar uchun


Mikroqarz muddati Yillik foiz stavkasi
12 oygacha 26 %
24 oygacha 27 %
36 oygacha 28 %
48 oygacha 30 %


Mol-mulkni garovga taqdim etuvchi mijozlar uchun


Mikroqarz muddati Yillik foiz stavkasi
12 oygacha 23 %
24 oygacha 24 %
36 oygacha 25 %
48 oygacha


Hujjatlar
Qarz oluvchi uchun

  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • qarz oluvchining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga oxirgi uzluksiz 6 oy davomida kelib tushgan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin);
  • mikroqarz ta’minotiga doir hujjatlar;
  • mol-mulk garovi taqdim etilganda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti — zarur hollarda;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tegishli hujjatlar.



Kafil uchun

  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • kafilning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tegishli hujjatlar.


Talablar
Asosiy talablar

  • qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi, bunda 65 yosh ham hisobga olinadi;
  • asosiy qarz va hisoblangan foizlarni to‘lov jadvaliga muvofiq har oy to‘lash uchun yetarli, hujjatlar bilan tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • oxirgi 24 oy davomida ajratilgan kredit va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim;
  • iste’mol kreditlari va/yoki mikroqarzlari bo‘yicha jami asosiy qarz miqdorining o‘rtacha oylik daromadga nisbati 8 barobardan oshmasligi lozim.



O‘rtacha oylik daromad

O‘rtacha oylik daromad bank tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar asosida aniqlanadi, jumladan:

  • ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar — oxirgi 6 oy davomida uzluksiz (mehnat ta’tili davri bundan mustasno). Daromadlarda uzilish bo‘lgan hollarda, tegishli oy uchun bank kartasi aylanmasi bo‘yicha aniqlangan daromad hisobga olinishi mumkin;
  • pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlari;
  • bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga so‘nggi 6 oy davomida uzluksiz kelib tushgan tushumlar (bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin);
  • amaldagi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Qarz oluvchining daromadlari soliqlar chegirib tashlangan holda hisobga olinadi.

Mavsumiy ishlarni bajaradigan qarz oluvchilar uchun so‘nggi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida uzluksiz olingan daromadlar qabul qilinishi mumkin. Ushbu daromadlar Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarorining 9-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.



Qo‘shimcha shartlar
Asosiy ma’lumotlar

Mikroqarz maqsadi:

maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan.



Mikroqarz summasi:

2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha



Mikroqarz muddati:

48 oygacha



Valyutasi:

milliy valyuta — so‘m



So‘ndirish jadvali:

annuitet yoki differensial



Mikroqarz ta’minoti:

ta’minot sifatida quyidagilar taqdim etilishi mumkin:

  • jismoniy shaxs kafilligi;
  • sug‘urta polisi;
  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;
  • ko‘chmas mulk.

Bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga, oxirgi 6 oy davomida kelib tushgan tushumlar asosida daromadi aniqlangan mijozlarga mikroqarz ajratishda ta’minot sifatida jismoniy shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi taqdim etilishi lozim.

12 oygacha muddatga ajratiladigan mikroqarz ta’minoti uchun turar joy garovi qabul qilinmaydi.



Ta’minot miqdori:

  • mikroqarz summasining kamida 125 foizi miqdorida;
  • bankka aloqador shaxslar uchun — mikroqarz summasining kamida 130 foizi miqdorida.


Mablag‘larni taqdim etish shakli:

qarz oluvchining bank plastik kartasiga o‘tkazish yoki milliy valyutada naqd pul shaklida





Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar