Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1
  • Yangilangan sana: 20 Oct 2026, 10:52

APEX – MAKANI ipotekasi

  • 1
  • Yangilangan sana: 20 Oct 2026, 10:52
  • 0% dan
    Foiz stavkasi
  • 50 000 000 mln ...
    Eng kam miqdori
  • 60 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 30% dan
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud emas
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
  • So‘ndirish usuli: Annuitet
  • Ta'minot turi: sug‘urta polisi
Foiz stavkalari

Сотувчи (қурувчи) билан ҳамкорлик дастури шартларига мувофиқ белгиланадиган йиллик 0% ставка, ушбу кредит маҳсулоти паспортига иловага асосан.















Hujjatlar

Kredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta);

  • Qurilishda ulushli ishtirok etish shartnomasi / ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi;

  • O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Davlat soliq qo‘mitasi orqali)**;

  • Tashqi servislar ma’lumotlarida qarz oluvchining daromadi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hamda talab qilib olinguncha hisobvaraqlar bo‘yicha oxirgi kamida 6 (olti) oy uchun mablag‘lar qoldig‘i va harakati to‘g‘risidagi ko‘chirma taqdim etilishi lozim;

  • Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda Bank qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shuningdek, o‘z axborot tizimlari, kredit byurolari va boshqa rasmiy manbalardagi ma’lumotlardan foydalanadi. Zarurat tug‘ilganda, Bank qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

  • Ko‘chmas mulk egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/ID-karta);

  • Garov predmetiga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan, mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma va zaruratga ko‘ra boshqa hujjatlar;

  • Nikohda bo‘lgan garovga qo‘yuvchi uchun: garovga qo‘yuvchining nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi; garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/ID-karta);

  • Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i tomonidan kredit bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun garov predmetini taqdim etishga rozilik berilganligi to‘g‘risidagi ariza;

  • Bank garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Talablar

Kredit va garov ta’minoti o‘rtasidagi nisbatga qo‘yiladigan talab

80% dan oshmasligi lozim.

Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar

  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi, kredit tarixi mavjud bo‘lmasligiga ham yo‘l qo‘yiladi;

  • Kredit ajratilayotgan paytda kredit byurosi hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga muvofiq, avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan va so‘ndirilmagan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

  • O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

  • Bankning, boshqa banklarning yoki tashkilotlarning «qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi;

  • Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning «yuridik shaxslarning qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi.

Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

  • Yaqin qarindoshlar ham hisobga olingan holda, doimiy daromadga ega bo‘lgan ko‘pi bilan uch nafar birgalikda qarz oluvchiga ruxsat etiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

  • Bankning «qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi;

  • Birgalikda qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning «yuridik shaxslarning qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi;

  • Bank birgalikda qarz oluvchining to‘lovga qobiliyatini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

Qo‘shimcha shartlar
-
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
APEX BANK
Litsenziya raqami: 90, 24.04.2025
Manzil: 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sodiq Azimova ko'chasi, 77
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1881
STIR: 310329897
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar