Сотувчи (қурувчи) билан ҳамкорлик дастури шартларига мувофиқ белгиланадиган йиллик 0% ставка, ушбу кредит маҳсулоти паспортига иловага асосан.
Kredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta);
Qurilishda ulushli ishtirok etish shartnomasi / ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi;
O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Davlat soliq qo‘mitasi orqali)**;
Tashqi servislar ma’lumotlarida qarz oluvchining daromadi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hamda talab qilib olinguncha hisobvaraqlar bo‘yicha oxirgi kamida 6 (olti) oy uchun mablag‘lar qoldig‘i va harakati to‘g‘risidagi ko‘chirma taqdim etilishi lozim;
Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda Bank qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shuningdek, o‘z axborot tizimlari, kredit byurolari va boshqa rasmiy manbalardagi ma’lumotlardan foydalanadi. Zarurat tug‘ilganda, Bank qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ko‘chmas mulk egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/ID-karta);
Garov predmetiga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan, mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma va zaruratga ko‘ra boshqa hujjatlar;
Nikohda bo‘lgan garovga qo‘yuvchi uchun: garovga qo‘yuvchining nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi; garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/ID-karta);
Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i tomonidan kredit bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun garov predmetini taqdim etishga rozilik berilganligi to‘g‘risidagi ariza;
Bank garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Kredit va garov ta’minoti o‘rtasidagi nisbatga qo‘yiladigan talab
80% dan oshmasligi lozim.
Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi, kredit tarixi mavjud bo‘lmasligiga ham yo‘l qo‘yiladi;
Kredit ajratilayotgan paytda kredit byurosi hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga muvofiq, avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan va so‘ndirilmagan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
Bankning, boshqa banklarning yoki tashkilotlarning «qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi;
Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning «yuridik shaxslarning qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi.
Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
Yaqin qarindoshlar ham hisobga olingan holda, doimiy daromadga ega bo‘lgan ko‘pi bilan uch nafar birgalikda qarz oluvchiga ruxsat etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
Bankning «qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi;
Birgalikda qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning «yuridik shaxslarning qora ro‘yxati»da mavjud bo‘lmasligi;
Bank birgalikda qarz oluvchining to‘lovga qobiliyatini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.