Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 7
  • Yangilangan sana: 19 Oct 2026, 11:54

«Kumushkon Residence» ipotekasi

  • 3
  • Yangilangan sana: 19 Oct 2026, 11:54
  • yillik 18 %
    Foiz stavkasi
  • Belgilanmagan.
    Eng kam miqdori
  • 15 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): Sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 25 foizi.
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oygacha
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): kredit summasining kamida 133,3 foizi;
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy) / sug‘urta polisi
Foiz stavkalari
Yillik 18%.
Hujjatlar

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin.
  2. Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar.
  3. «Kumushkon Residence» majmuasi bo‘yicha pudrat tashkiloti bilan tuzilgan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi.
  4. Ko‘chmas mulk auksion orqali sotib olinganda — auksionda g‘olib bo‘lganlik va tegishli to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
  5. Kadastr hujjatlari va ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
  6. Kredit ta’minotiga oid hujjatlar.

Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishga haqli.

Talablar

Asosiy qarz oluvchi

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • ariza topshirilgan sanada 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi;
  • kreditni har oy to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, hujjatlar bilan tasdiqlangan daromadga ega bo‘lishi;
  • kreditlar, mikroqarzlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi;
  • qarz yuki 50 foizdan oshmasligi;
  • Bank tomonidan oxirgi 24 oyda ajratilgan kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi. Oxirgi 12 oy davomida avval so‘ndirilgan yoki amaldagi kreditlar bo‘yicha 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlikning kamida bitta holati aniqlangan taqdirda, salbiy qaror qabul qilinadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun

Daromad hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar, shu jumladan, quyidagilar orqali tasdiqlanadi:

  • 6 uzluksiz oy davomida bank hisobvaraqlari yoki kartalariga kelib tushgan mablag‘lar;
  • davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlari;
  • daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya.

Daromad soliqlar chegirib tashlanganidan keyin hisobga olinadi.

Birgalikda qarz oluvchilar

5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilishga ruxsat etiladi.

Birgalikda qarz oluvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi;
  • hujjatlar bilan tasdiqlangan daromadga ega bo‘lishi;
  • joriy muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi:
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Kumushkonda joylashgan «Oltinbel» dam olish zonasi hududidagi «Kumushkon Residence» majmuasidan uy-joy sotib olish, shu jumladan auksion savdolari orqali.

Kreditning maksimal miqdori:
5 mlrd so‘mgacha.

Boshlang‘ich badal:
Ko‘chmas mulk qiymatining kamida 25 foizi.

Foiz stavkasi:
Yillik 18%.

Imtiyozli davr:
6 oygacha.

Kredit muddati:
15 yilgacha.

To‘lov jadvali:
Annuitet yoki differensial.

Moliyalashtirish manbai:
Bankning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari.

Kredit ta’minoti:
Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan ko‘chmas mulk garovi.

Ta’minotga qo‘yiladigan talablar:

  • kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati — 75 foizdan oshmasligi lozim;
  • ta’minot qiymati — kredit summasining kamida 133,3 foizi.

Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning butun muddati uchun rasmiylashtiriladi.

Qo‘shimcha shartlar:

Ko‘chmas mulk, shu jumladan, auksion savdolari orqali sotib olinishi mumkin.

Bank tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng boshlang‘ich badal milliy valyutadagi «Kafolat-3» jamg‘arma omonatiga joylashtiriladi. Agar boshlang‘ich badal bevosita pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazilsa, kredit ajratilgunga qadar buni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi lozim.

Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv doirasida ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismi hamkor tashkilot tomonidan qoplab berilishi mumkin.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar