Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1
  • Yangilangan sana: 22 Sep 2026, 15:52

«Chimgan Residence» ipotekasi

  • 2
  • Yangilangan sana: 22 Sep 2026, 15:52
  • 14 % dan boshla...
    Foiz stavkasi
  • Belgilanmagan.
    Eng kam miqdori
  • 10 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): Sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 20 foizi.
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: Differensial to‘lov jadvali tanlanganda 6 oygacha.
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125 %dan
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy) / sug‘urta polisi
Foiz stavkalari

Rasmiy yoki norasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar uchun

  • yillik 14% — boshlang‘ich badal ko‘chmas mulk qiymatining kamida 50 foizini tashkil etganda;

  • yillik 15% — boshlang‘ich badal ko‘chmas mulk qiymatining kamida 30 foizini tashkil etganda;

  • yillik 16% — boshlang‘ich badal ko‘chmas mulk qiymatining kamida 20 foizini tashkil etganda.

Hujjatlar


  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin.

  2. Oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar — Bank tomonidan elektron shaklda olinishi mumkin.

  3. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — zarur hollarda.

  4. «Chimgan Residence» pudrat tashkiloti bilan tuzilgan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi.

  5. Ko‘chmas mulk auksion orqali sotib olinganda — auksionda g‘olib bo‘lganlik va tegishli to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.

  6. Kredit ta’minotiga oid hujjatlar — zarur hollarda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishga haqli.

Talablar

Asosiy qarz oluvchi

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • ariza topshirilgan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

  • oylik to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;

  • joriy muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi;

  • kredit tarixi oxirgi 24 oy uchun o‘rganiladi. Ushbu davrda 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlikning 3 ta yoki undan ko‘p holati aniqlansa, kredit ajratish rad etiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs daromadini quyidagilar orqali tasdiqlaydi:

  • oxirgi 6 oy davomida bank hisobvaraqlari yoki kartalariga kelib tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlari;

  • daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya.

Daromad soliqlar chegirib tashlanganidan keyin hisobga olinadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi birgalikda qarz oluvchining daromadi sifatida hisobga olinmaydi.

Birgalikda qarz oluvchilar

5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilishga ruxsat etiladi.

Birgalikda qarz oluvchilarga yosh, daromad va muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi bo‘yicha asosiy qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar tatbiq etiladi.

Qo‘shimcha shartlar


Kredit maqsadi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimgan MFY hududida joylashgan «Chimgan Residence» obyektidagi ko‘chmas mulkni (apart-uylarni), shu jumladan auksion savdolari orqali sotib olishni moliyalashtirish.

Kreditning maksimal miqdori

1,5 mlrd so‘mgacha.

Boshlang‘ich badal

Ko‘chmas mulk qiymatining kamida 20 foizi.

Imtiyozli davr

Differensial to‘lov jadvali tanlanganda — 6 oygacha.

To‘lov jadvali

Annuitet yoki differensial.

Moliyalashtirish manbai

Bankning o‘z mablag‘lari.

Kredit ta’minoti

Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan ko‘chmas mulk garovi.

Ta’minotga qo‘yiladigan talablar

  • kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati — 80 foizdan oshmasligi lozim;

  • ta’minot qiymati — kredit miqdorining kamida 125 foizi.

Bankka aloqador shaxslar uchun

  • ta’minot qiymati — kredit miqdorining kamida 130 foizi;

  • ta’minlanmagan qism uchun sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin.

Ta’minlanmagan qismni sug‘urtalash

Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning butun muddati uchun rasmiylashtiriladi.

Qo‘shimcha shartlar

Ko‘chmas mulk quyidagi usullarda sotib olinishi mumkin:

  • «Chimgan Residence» pudrat tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida;

  • auksion savdolari orqali.

Asos

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyuldagi 451-son va 2025-yil 9-sentabrdagi 574-son qarorlari.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar