Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 6
  • Yangilangan sana: 7 Oct 2026, 13:04

«Oila va yoshlar tadbirkori» krediti

  • 1
  • Yangilangan sana: 7 Oct 2026, 13:04
  • 12 % dan
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 84 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 36 oygacha
  • Ajratish shakli: naqd pul / bank kartasiga o‘tkazish / ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 125%
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: mobil ilova / bank ofisi / onlayn
Foiz stavkalari

Foiz stavkasi:

Yillik 17,5%.

Og‘ir toifadagi tuman va mahallalar uchun — yillik 12%.

Hujjatlar
Qarz oluvchi hujjatlari

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki ID-karta);
  • biometrik identifikatsiya;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimidan Yagona elektron platforma orqali avtomatik tarzda olinadi;
  • kreditdan samarali foydalanish bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar;
  • hokim yordamchisining tavsiyasi.

Hujjatlar Oilakredit.uz platformasi orqali to‘liq elektron shaklda shakllantiriladi va masofadan turib imzolanadi.


Talablar
Asosiy talablar

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • mikroqarz olish uchun ariza topshirilgan kunda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi;
  • mehnatga layoqatli bo‘lishi;
  • Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
  • asosiy qarz va foizlarni to‘lov jadvaliga muvofiq to‘lash uchun yetarli daromadga ega bo‘lishi;
  • dastur doirasida amaldagi imtiyozli kreditga ega bo‘lmasligi (Fermerlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan kreditlar bundan mustasno);
  • kredit majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • bankning skoring va stop-faktor talablariga javob berishi.

Qo‘shimcha talablar:

  • oldingi kreditlar, mikroqarzlar va kafilliklar mavjud bo‘lishi mumkin, bunda mikroqarzni qaytarish imkoniyati baholanadi;
  • Yagona elektron platformada boshqa arizasi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lmasligi;
  • asosiy ish joyiga ega bo‘lgan shaxslarga mikroqarz ajratilmaydi.

Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi:

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish.



Mikrokredit summasi:

50 mln so‘mgacha.



Mikrokredit muddati:

48 oygacha.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi uchun — 84 oygacha.



Imtiyozli davr:

Tadbirkorlik yo‘nalishi uchun — 12 oygacha.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi uchun — 36 oygacha.

Imtiyozli davr differensial to‘lov jadvali asosida taqdim etiladi.



So‘ndirish jadvali:

Differensial yoki annuitet.



Foiz stavkasi:

Yillik 17,5%.

Og‘ir toifadagi tuman va mahallalar uchun — yillik 12%.



Boshlang‘ich badal:

Talab etilmaydi.



Kredit ta’minoti:

  • jismoniy shaxs kafilligi;
  • va/yoki sug‘urta polisi.

Ta’minot mikrokredit summasining kamida 125 foizini qoplashi lozim.



Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
  • yosh — 18 yoshdan;
  • mehnatga layoqatli bo‘lishi;
  • kredit va hisoblangan foizlarni to‘lovlar jadvaliga muvofiq so‘ndirish uchun yetarli daromadga ega bo‘lishi;
  • davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
  • kredit majburiyatlari bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
  • Dastur doirasida avval imtiyozli kredit olmagan bo‘lishi, Fermerlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan berilgan kreditlar bundan mustasno;
  • yagona elektron platformada ko‘rib chiqilayotgan arizasining mavjud emasligi;
  • bankning amaldagi skoring va stop-faktorlar bo‘yicha talablariga muvofiq bo‘lishi.


Kreditni rasmiylashtirish:

Kredit oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi — Oilakredit.uz orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.



Kreditni berish usuli:

  • qarz oluvchining bank kartasiga pul mablag‘larini o‘tkazish;
  • dastur shartlarida nazarda tutilgan hollarda naqd pul mablag‘lari shaklida;
  • elektron savdo maydonchalari orqali yetkazib beruvchiga pul mablag‘larini o‘tkazish.


Qo‘shimcha shartlar:

  • kredit tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga beriladi;
  • asosiy ish joyiga ega bo‘lgan shaxslarga ushbu mahsulot bo‘yicha kredit berilmaydi;
  • joriy qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng kreditni takroran olish mumkin;
  • mikrokredit berish to‘g‘risidagi qaror Oilakredit.uz platformasi orqali onlayn skoring asosida qabul qilinadi.


Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar