Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 10
  • Yangilangan sana: 11 Nov 2026, 17:19

“Yangi bog'” kredit mahsuloti

  • 11
  • Yangilangan sana: 11 Nov 2026, 17:19
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • 3 000 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 7 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: mavjud emas
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: 3 yilgacha
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: -
  • So‘ndirish usuli: Differensial
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari

№

Ko‘rsatkichlar

Asosiy shartlar

1

Maqsadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi “Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-sonli Farmoniga asosan aholi tomorqasida eskirgan bog‘larni yangilash ishlarini amalga oshirish uchun.

2

Kredit valyutasi

Milliy valyuta – so‘mda.

3

Kimlarga ajratiladi

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lagan jismoniy shaxslarga.

4

Kredit foizi

Yillik 18%.

5

Kredit miqdori

150 million so‘mdan oshmagan miqdorda.

6

Kredit muddati va imtiyozli davr

3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga.

Hujjatlar
Talab qilinadigan hujjatlar:   

a) Ariza;

b) Mijozning (sherik qarz oluvchi, kafil – jismoniy shaxs) pasportining asl nusxasi (bank xodimi pasport asl nusxasidan nusxa ko'chiradi);

v) Kredit ta'minoti hujjatlari;

g) Qarz oluvchi (sherik qarz oluvchi , kafil – jismoniy shaxs) daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlar bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn rejimda o'rganiladi. Daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda aniqlash imkoni bo'lmagan hollarda, Qarz oluvchi (qarz oluvchi sherik, kafil – jismoniy shaxs) daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma taqdim etadi.

d) Oldi sotdi (ishlarni, xizmatlarni ko’rsatish) shartnomasi

Talablar
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lagan jismoniy shaxslarga

Qo‘shimcha shartlar

7

Kredit ta’minoti

Ta’minot sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinishi mumkin:

- Depozit/omonat garovi;
- Avtotransport vositalari;
- Ko‘chmas mulklar;
- Uchinchi shaxs kafilligi.

Bunda, ta’minot sifatida faqat uchinchi shaxs kafilligi taqdim qilinganda kredit miqdori 100 million so‘mdan oshmasligi lozim.

8

Ajratish shakli

Oldi-sotdi (ishlarni, xizmatlarni ko‘rsatish) shartnomasiga asosan mahsulot yetkazib beruvchi shaxslarning hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratiladi.

9

Qaytarish usuli

Differensial usulda.

10

Moliyalashtirish manbayi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan.

Kredit mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan resurs mablag‘lari joylashtirish bo‘yicha bosh bitim imzolangandan so‘ng ajratiladi.

11

Qo‘shimcha shartlar

Mahalla bankiri joyiga chiqqan holda aholi tomorqasida eskirgan bog‘larni yangilash bo‘yicha ko‘chatlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib dastlabki o‘rganishni o‘tkazadi va dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Mahalla bankiri “Uzagrostar xolding” kompaniyasi muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan aholiga yetkazib berilgan ko‘chatlarning tegishli bog‘larda ekilishini nazorat qiladi va mevali ko‘chatlar ekilishidan boshlab ular hosilga kirguncha yilda 2 marotaba monitoring qilib boradi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Aloqabank
Litsenziya raqami: 48, 22.03.1995
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-65-65
STIR: 200829053
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar