Yillik 23%. Bunda kredit mablag‘ining 19 foizdan oshgan, biroq 4 foizlik banddan oshmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan 5 yil muddat davomida kompensatsiya qilinadi.
Ariza;
Mijozning (birgalikda qarz oluvchi, kafil – jismoniy shaxs) shaxsni tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasi (bank xodimi shaxsni tasdiqlovchihujjatining aslidan nusxa oladi);
Kredit ta’minoti hujjatlari;
Ta’mirlanayotgan uy-joy bo‘yicha egalik qilish huquqini hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Qarz oluvchi: 18 yoshga to'lgan va 65 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.
Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
|
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Asosiy shartlar |
|
|
1 |
Kredit maqsadi |
Yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kavrtirali uy-joydagi xonadonni ta’mirlash uchun. Bunda, kredit mablag‘i turar joy binolarining energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida, shu jumladan, quyosh panellari, geliokollektorlar va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) oʻrnatish, devor va tomni izolyatsiya qilish, deraza va eshiklarning issiqlik yoʻqotishlari va oʻtkazuvchanligini kamaytiruvchi turlarini o‘rnatish hamda qozon va havo sovitish-isitish (konditsioner) tizimlarini energiya tejamkor turlariga almashtirish yoki yangidan o‘rnatish uchun ajratiladi. |
|
|
2 |
Kredit muddati |
7 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga. |
|
|
3 |
Kredit miqdori |
Toshkent shahrida* - 350 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda - 250 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda. *izoh: Yangi Toshkent hududi uchun Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlar amal qiladi. |
|
|
4 |
Boshlang‘ich badal |
Boshlang‘ich badal talab qilinmaydi. |
|
|
5 |
Kredit foizi |
Yillik 23%. Bunda kredit mablag‘ining 19 foizdan oshgan, biroq 4 foizlik banddan oshmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan 5 yil muddat davomida kompensatsiya qilinadi. |
|
|
6 |
Kimlarga ajratiladi |
Kredit hisobiga ta’mirlanayotgan uy-joyda doimiy ro‘yxatda turadigan va ushbu uyning egasi bo‘lgan jismoniy shaxslarga yoki uy egasining yaqin qarindoshi (ota-ona, aka-uka, opa-singil, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, kelini, kuyovi) bo‘lgan va ushbu uy-joyda doimiy ro‘yxatda turadigan boshqa jismoniy shaxslarga ajratiladi. |
|
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.