Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 5
  • Yangilangan sana: 19 Jun 2026, 11:16

“Chimgan” ipoteka krediti mahsuloti

  • 6
  • Yangilangan sana: 19 Jun 2026, 11:16
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • 5 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 20 yildan ko‘p ...
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari

1

Kredit maqsadi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chimgan” MFY, Sazbet  ko‘chasida qurilgan turar-joy majmuasidagi ko‘p qavatli uy-joylardan xonadon sotib olish uchun.

2

Kimlarga ajratiladi

1. “Turonbank” ATB xodimlariga;

2. “ALOQA AKTIV” MCHJ buyurtmasiga asosan qurilgan turar-joydan xonadon sotib oladigan barcha jismoniy shaxslarga.

3

Kredit miqdori

1 180,0 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda.

Bunda, kredit miqdori 380,0 mln. so‘mda oshgan taqdirda, 2 ta kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi.

380,0 mln. so‘mi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (IMV) mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi*.

Kreditning 380,0 mln. so‘mdan oshgan qismi bankning o‘z resurs mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi.

* izoh: Qarz oluvchiga ajratiladigan kreditni IMV mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmasa (ilgari IMV resursidan ipoteka krediti olgan bo‘lsa yoki boshqa sababga ko‘ra) kreditning jami miqdori bankning o‘z resursi hisobidan ajratiladi.

4

Kredit muddati

20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga.

5

Imtiyozli davr

6 oygacha

Hujjatlar

Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.

Talablar

18 yoshga to'lgan 65 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.

Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.

Qo‘shimcha shartlar

6

Boshlang‘ich badal miqdori

Ajratiladigan kredit miqdori 380 mln. so‘mdan oshmasa va IMV resursidan qayta moliyalashtirilganda boshqalang‘ich badal miqdori oldi-sotdi shartnomasi qiymatining 15 (o‘n besh) foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi lozim.

Uy-joyni sotib olish uchun zarur bo‘lgan kredit miqdori
380 mln.so‘mdan yuqori bo‘lganda yoki kredit to‘liq bankning o‘z resursidan ajratilganda boshlang‘ich badal miqdori
20 (yigirma) foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

7

Kredit foizi

Kreditning IMV resursidan qayta moliyalashtiriladigan qismi bo‘yicha Markaziy bankning asosiy stavkasi + 1 foiz stavka bilan.

Bankning o‘z resursi hisobidan ajratiladigan qismi uchun yillik 18 foiz stavka bilan.

8

Ajratish shakli

Oldi sotdi shartnomasiga asosan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

9

Qaytarish usuli

Annuitet yoki Differensial.

10

Kredit ta’minoti

- Sotib olinayotgan uy-joy;

- Kredit siyosati talabidan kelib chiqib, garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha ravishda uchinchi shaxs kafilligi yoki boshqa likvidli mol-mulk garovi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Aloqabank
Litsenziya raqami: 48, 22.03.1995
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-65-65
STIR: 200829053
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar