Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 6
  • Yangilangan sana: 2 Nov 2026, 16:52

  • 7
  • Yangilangan sana: 2 Nov 2026, 16:52
  • 22 % dan
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 15 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 0/20 %
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oygacha
  • Ajratish shakli: Bank kartasiga o‘tkazish / Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): kredit summasining kamida 125 foizi;
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy)
Foiz stavkalari

    Yillik foiz stavkasi:

    • 22% — kreditlash muddati qisqartirilganda;
    • 23% — kreditlash muddati uzaytirilganda.

    Rasmiy daromadga ega qarz oluvchilar uchun foiz stavkasi 1 foiz bandiga kamaytirilishi mumkin.

Hujjatlar

Qarz oluvchi uchun

  • pasport yoki ID-karta. Hujjat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin. Harbiy xizmatchi harbiy guvohnomani taqdim etgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda pasport yoki ID-karta nusxasi talab etiladi;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan elektron shaklda. Mazkur ma’lumotlar Bankning axborot tizimlari orqali ham olinishi mumkin;
  • uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun tasdiqlangan ruxsatnoma — zarur hollarda;
  • yakka tartibdagi turar joyni qurish uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat — zarur hollarda;
  • garovga qo‘yiladigan mol-mulk qiymati to‘g‘risida mustaqil baholash tashkilotining hisoboti;
  • kelishilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari — zarur hollarda;
  • ta’mirlash uchun kredit olinganda — tasdiqlangan ta’mirlash ishlari rejasi. Qarz oluvchining o‘zi tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan rejani taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi;
  • pudratchi jalb etilganda — qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma;
  • zarur hollarda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar.

Birgalikda qarz oluvchi uchun

  • pasport yoki ID-karta. Hujjat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin. Harbiy guvohnoma taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda pasport yoki ID-karta nusxasi talab etiladi;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan elektron shaklda.

Zarur hollarda Bank qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilishi mumkin.

Talablar
  • qarz oluvchi kredit olish uchun murojaat qilingan sanada 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • doimiy ish joyiga, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan barqaror daromadga yoki kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun yetarli bo‘lgan boshqa qonuniy, hujjatlar bilan tasdiqlangan daromad manbalariga ega bo‘lishi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi — 50 foizdan oshmasligi;
  • kreditlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • oxirgi 12 oy davomida 90 kundan ortiq va oxirgi 6 oy davomida 60 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • 3 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilishga ruxsat etiladi;
  • qurilish yoki rekonstruksiya qilinishi mo‘ljallangan turar joyga bo‘lgan mulk huquqiga, shuningdek zarur huquqni belgilovchi va loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi;
  • garovga taqdim etilayotgan mol-mulkka nisbatan xatlov, taqiq yoki boshqa huquqiy cheklovlar mavjud bo‘lmasligi.
  • Qo‘shimcha shartlar

    Asosiy ma’lumotlar

    Kredit maqsadi:
    Yakka tartibdagi turar joyni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, yakka tartibdagi turar joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani ta’mirlash.

    Kreditning maksimal miqdori:

    Qurilish va rekonstruksiya uchun:

    • Toshkent shahrida — 600 mln so‘mgacha;
    • boshqa hududlarda — 300 mln so‘mgacha.

    Uy-joyni ta’mirlash uchun:

    • Toshkent shahrida — 300 mln so‘mgacha;
    • boshqa hududlarda — 200 mln so‘mgacha.

    Bank bo‘linmalari o‘rtasida tegishli kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda, ta’mirlash uchun kredit summasi 500 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

    Kredit muddati:

    Qurilish va rekonstruksiya:

    • 22% stavkada — 10 yilgacha;
    • 23% stavkada — 15 yilgacha.

    Uy-joyni ta’mirlash:

    • 22% stavkada — 7 yilgacha;
    • 23% stavkada — 10 yilgacha.

    Boshlang‘ich badal:

    • qurilish va rekonstruksiya uchun — loyiha qiymatining 20 foizidan boshlab;
    • uy-joyni ta’mirlashni kreditlashda — talab etilmaydi.

    To‘lov jadvali:
    Annuitet yoki differensial.

    Imtiyozli davr:
    Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 6 oygacha.

    Kredit berish usuli:
    Naqd pulsiz shaklda:

    • pudrat tashkilotining hisob-kitob hisobvarag‘iga;
    • qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi yoki sotuvchisining hisobvarag‘iga;
    • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jalb etilgan xodimlarning bank kartalariga o‘tkazish orqali.

    Moliyalashtirish bajarilgan ishlar hajmiga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.

    Kredit ta’minoti:
    Kredit ajratilayotgan qurilish, rekonstruksiya yoki ta’mirlash uchun mo‘ljallangan turar joy ko‘chmas mulki garovi yoki boshqa maqbul mol-mulk.

    Ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi lozim. LTV ko‘rsatkichi 80 foizdan oshmasligi kerak.

    Kredit kalkulyatori

    Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

    Bank haqida
    O‘zsanoatqurilishbank
    Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
    Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
    Aloqa telefon raqami:
    Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
    STIR: 200833707
    E-mail: info@sqb.uz
    Sayt: www.sqb.uz
    Kredit bo‘yicha boshqa takliflar