Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 265
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2025, 16:13

Ipoteka – tavsiya asosida

  • 266
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2025, 16:13
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15 foizdan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): kredit summasining 125 %i
Foiz stavkalari
18%
Hujjatlar

Fuqarolik pasporti yoki ID-karta.

Oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadni tasdiqlovchi hujjatlar (kamida 6 oy davomida tasdiqlangan).

Uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan guvohnoma yoki ko‘chirma).

Pudrat tashkiloti bilan shartnoma (agar qurilish pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilsa).

Kredit ta’minotiga oid hujjatlar.

Garov qiymatini baholash bo‘yicha mustaqil tashkilot hisoboti.

Qurilish materiallari va ishlari smetasi.

Talablar

Yosh chegarasi: Murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi.

Daromad manbalari: Ipoteka kreditini to‘lashga yetarli, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan daromad manbaiga ega bo‘lishi (shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligi, tadbirkorlik daromadi va boshqalar).

Kredit tarixining tozaligi: Joriy kredit/mikroqarzlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi.

Oldingi ipotekalardan foydalanmaslik: Ilgari bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalardan foydalanmagan bo’lishi.

Uy-joy huquqi: Rekonstruksiya qilinadigan yoki quriladigan uy-joy yoki yer uchastkasi qarz oluvchiga yoki u bilan yashovchi qarindoshlariga tegishli bo‘lishi.

Ijtimoiy dasturga kiritilganlik: "Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan bo‘lishi.

Qo‘shimcha shartlar

Bank va qarz oluvchi o‘rtasida shartnoma imzolangach, “subsidyplatform.mf.uz” orqali dastlabki badal va foiz to‘lovlarini qoplash uchun subsidiya mablag‘lari so‘raladi.

Keyingi to‘lovlar bajarilgan ishlar bo‘yicha xulosa tuzilgandan so‘ng bosqichma-bosqich ajratiladi.

Foiz subsidiya: Kreditning birinchi 5 yili davomida 12% dan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar: Ro‘yxatdan o‘tganligi va ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.

Agar NPL ulushi 3% dan oshsa, mahsulot vaqtincha to‘xtatiladi va yangi arizalar qabul qilinmaydi (oldingi arizalar bundan mustasno). 

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Biznesni rivojlantirish banki
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-10-01
STIR: 206916313
Sayt: www.brb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar