qarz oluvchi (mavjud bo‘lganda birgalikda qarz oluvchilar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjati biometrik pasporti yoki ID kartasi;
ipoteka kredit maqsadiga mos ravishda kredit evaziga sotib olinayotgan uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun qarz oluvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
qarz oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolangan ko‘p-qavatli uydagi kvartiraning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma.
Talablar
"Mustaqillikka uy" ipoteka krediti rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga ajratiladi.
Fuqaro ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.
Qarzdor kredit olish davrida joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari, qarzdor tomonidan avval olgan va so‘ndirilgan kreditlari bo‘yicha muddati 60 kundan oshgan, kechiktirilgan to‘lovlari hamda salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi lozim.
Qo‘shimcha shartlar
Toshkent shahri uchun — 800 mln so'mgacha,
QR va viloyatlar uchun — 500 mln so'mgacha
O‘zbekiston Respublikasi ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslar uchun birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.