Birlamchi bozordagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ajratiladigan qulay ipoteka krediti.
Mazkur ipoteka krediti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida ajratiladi.
Qorqaqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda: 380 000 000 so'mgacha Toshkent shahrida: 480 000 000 so'mgacha
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.