Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 538
  • Yangilangan sana: 7 Oct 2026, 12:25

"Yangi Toshkent" ipoteka

  • 539
  • Yangilangan sana: 7 Oct 2026, 12:25
  • 18 %
    Foiz stavkasi
  • 380 mln so‘m
    Eng kam miqdori
  • 20 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 20% dan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: Differensial grafik bo‘yicha 6 oygacha (mijoz xohishiga ko‘ra)
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125 %dan
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy) / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
Foiz stavkalari

Foiz stavkasi

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — yillik 18% (o‘zgarmas stavka).

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan, xonadon Bank hisobiga garovga qo‘yilgandan so‘ng:

  • barcha mijozlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3 foiz;
  • ish haqi loyihasidagi mijozlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 2,5 foiz.

O‘zgaruvchan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilganda mutanosib ravishda kamayadi, oshirilganda esa o‘zgarishsiz qoladi.

Foiz to‘lovlaridagi o‘zgarishlar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi.

Hujjatlar

Qarz oluvchi quyidagilarni taqdim etadi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlar. Ma’lumotlar Bank tomonidan tegishli axborot tizimlari orqali elektron shaklda olinishi mumkin;
  • uy-joy qurilishida ulushdorlik asosida ishtirok etish shartnomasi — zarur hollarda;
  • kvartira auksion orqali xarid qilinganda — auksionda g‘olib bo‘lganlik va to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • garov taqdim etilganda — kredit ta’minotiga oid hujjatlar.

Qo‘shimcha:

  • mijoz harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy guvohnomani taqdim etgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda pasport nusxasi taqdim etiladi;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun zarur hollarda ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etiladi;
  • arizani ko‘rib chiqish jarayonida Bank qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha hujjatlarni so‘rashga haqli.

Talablar

Asosiy talablar

Qarz oluvchi yoki birgalikda qarz oluvchi quyidagi talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi mumkin:

  • murojaat qilingan sanada 18 yoshdan 60 yoshgacha, shu jumladan;
  • kreditni so‘ndirish uchun yetarli doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • amaldagi kreditlar, mikroqarzlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • ushbu dastur doirasida ipoteka krediti birinchi marta rasmiylashtirilishi. 2024-yil 1-maygacha olingan kreditlar hisobga olinmaydi;
  • kvartira qiymatining kamida 20 foizi miqdorida boshlang‘ich badalga ega bo‘lishi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi tasdiqlangan daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak.

5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilish mumkin.

Bank oxirgi 24 oylik kredit tarixini o‘rganadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun

2026-yil 1-apreldan boshlab «Yangi Toshkent» kredit mahsuloti bo‘yicha kredit rasmiylashtirilganda o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlashi kerak:

  • 2026-yilda — oxirgi 1 yil uchun;
  • 2027-yilda — oxirgi 2 yil uchun;
  • 2028-yildan boshlab — oxirgi 3 yil uchun.


Qo‘shimcha shartlar


Kredit maqsadi

Kredit maqsadi

Yangi Toshkent loyihasi doirasida birlamchi bozordagi ko‘p qavatli uy-joydan ulush asosida xonadon xarid qilishni moliyalashtirish.



Kreditning maksimal miqdori

Kreditning maksimal miqdori

1 mlrd so‘mgacha:

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyati uchun — 330 mln so‘mgacha;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahri uchun — 420 mln so‘mgacha.

Xonadon qiymatining qolgan qismi Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.



Boshlang‘ich badal

Boshlang‘ich badal

Uy-joy qiymatining kamida 20%.

Auksion orqali amalga oshirilgan to‘lovlar boshlang‘ich badal sifatida hisobga olinishi mumkin.



Kreditning maksimal muddati

Kreditning maksimal muddati

20 yilgacha.



Imtiyozli davr

Imtiyozli davr

Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 6 oygacha.



Foiz stavkasi

Foiz stavkasi

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — yillik 18% (o‘zgarmas stavka).

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan, xonadon Bank hisobiga garovga qo‘yilgandan so‘ng:

  • barcha mijozlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3 foiz;
  • ish haqi loyihasidagi mijozlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 2,5 foiz.

O‘zgaruvchan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilganda mutanosib ravishda kamayadi, oshirilganda esa o‘zgarishsiz qoladi.

Foiz to‘lovlaridagi o‘zgarishlar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi.




To‘lov jadvali

To‘lov jadvali

  • annuitet;
  • differensial.


Ta’minot

Ta’minot

Uy-joy foydalanishga topshirilib, kredit hisobiga moliyalashtirilgan (sotib olingan) xonadonga bo‘lgan huquq yuzaga kelgandan so‘ng, ushbu xonadon kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi. Ushbu shart kredit shartnomasining tegishli bandida ko‘rsatilishi lozim. Xonadon Bank foydasiga garovga qabul qilingunga qadar quyidagi ta’minot turlaridan biri yoki bir nechtasi qabul qilinishi mumkin:

  • sug‘urta polisi;
  • jismoniy va/yoki yuridik shaxs kafilligi;
  • ko‘chmas mulk;
  • qarz oluvchi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi o‘rtasida tuzilgan turar-joy majmuasi qurilishida ulushli ishtirok etish shartnomasi bo‘yicha talab qilish (mulk) huquqi.

Talab qilish (mulk) huquqi ta’minot sifatida qabul qilinganda, kredit ajratilishidan oldin Bank va mijoz o‘rtasida talab qilish (mulk) huquqi garovi shartnomasi rasmiylashtirilishi, belgilangan tartibda kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va garov reestriga yozuv kiritilishi lozim.

Talab qilish (mulk) huquqi qabul qilinganda, qo‘shimcha ravishda ko‘p qavatli turar-joy quruvchisi yoki buyurtmachisi bo‘lgan yuridik shaxsning kamida 125% miqdoridagi kafilligi qabul qilinishi lozim. Bank bilan aloqador shaxslar uchun kafillik miqdori kamida 130% bo‘lishi kerak. Kafil korxonaning moliyaviy holatini o‘rganish talab etilmaydi.

Barcha kreditlar bo‘yicha hamkorlik doirasidagi kafillik shartnomasiga asosan umumiy kafillik taqdim etiladi.

Bunda, kreditning garovga nisbati 80%dan oshmasligi, ya’ni ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi lozim. Bank bilan aloqador shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot miqdori kredit summasining kamida 130%ini tashkil etishi lozim. Ta’minot yetmagan qismiga sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin.

Xonadon Bank garoviga qabul qilingandan so‘ng sug‘urta polisining maqsadi garov mulkini sug‘urtalashga o‘zgartirilishi mumkin.

Sug‘urta shartnomasi kreditning to‘liq muddatiga tuziladi.



Yuridik shaxs kafilligi

Yuridik shaxs kafilligi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasining kafilligi taqdim etiladi.



Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar