Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 225
  • Yangilangan sana: 7 Aug 2026, 15:32

“Mulk-ulushdor” krediti

  • 226
  • Yangilangan sana: 7 Aug 2026, 15:32
  • 21 % dan boshla...
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 20 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 20% dan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: Differensial grafik bo‘yicha 12 oygacha (mijoz xohishiga ko‘ra)
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125 %dan
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy) / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
Foiz stavkalari

Ish haqi loyihasi doirasida

Foiz stavkasi — 22%

  • kredit muddati — 20 yilgacha;

  • imtiyozli davr — 12 oygacha.

Rasmiy va norasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar uchun

Foiz stavkasi — 21%

  • kredit muddati — 10 yilgacha;

  • imtiyozli davr — 12 oygacha.

Foiz stavkasi — 22%

  • kredit muddati — 15 yilgacha;

  • imtiyozli davr — 12 oygacha.

Foiz stavkasi — 24%

  • kredit muddati — 20 yilgacha;

  • imtiyozli davr — 12 oygacha.

Imtiyozli davr differensial to‘lov jadvali tanlangan taqdirda qo‘llaniladi.

Hujjatlar
Asosiy qarz oluvchidan

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda YaIDXP orqali elektron shaklda).

  2. Oxirgi 6 oy daromad ma’lumotlari (bank tomonidan elektron tarzda olinishi mumkin).

  3. Zarur hollarda — o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.

  4. Qurilishda ulush kiritish shartnomasi.

  5. Auksion orqali xarid qilinganda — g‘oliblik va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar.

  6. Kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar (zarur hollarda mustaqil baholash hisoboti).

Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.



Talablar
Asosiy qarz oluvchi

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • Murojaat sanasida 18–60 yosh;

  • Yetarli va tasdiqlangan daromad manbai;

  • Joriy muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emas;

  • Qarz yuklamasi — 50 % dan ko‘p emas;

  • So‘nggi 24 oy kredit tarixi o‘rganiladi.




Birgalikda qarz oluvchilar (5 nafargacha)

  • Yosh, daromad va qarzdorlik talablari asosiy qarz oluvchiga qo‘yilgan talablar bilan bir xil.




O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs daromadini quyidagilar bilan tasdiqlaydi:

  • oxirgi 6 oy ichida bank kartasi/hisobraqamiga tushgan tushumlar;

  • davlat soliq xizmati ma’lumotlari;

  • daromad deklaratsiyasi.

Daromad soliqlar chegirilgan holda hisobga olinadi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi birgalikdagi qarz oluvchi uchun qabul qilinmaydi.



Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi:
Qurilayotgan ko‘p kvartirali uydan ulushdorlik shartnomasi asosida kvartira xarid qilishni moliyalashtirish. Kredit faqat Bank va quruvchi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan obyektlar bo‘yicha ajratiladi.

Kreditning maksimal summasi:

  • Toshkent shahri — 1,5 mlrd so‘mgacha;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar — 800 mln so‘mgacha.

Boshlang‘ich badal:
Kvartira qiymatining kamida 20 foizi.

Imtiyozli davr:
Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 12 oygacha.

To‘lov jadvali:
Annuitet yoki differensial.

Moliyalashtirish manbai:
Bankning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari.

Kredit ta’minoti

Uy foydalanishga topshirilgunga va kvartira garovga rasmiylashtirilgunga qadar:
Quyidagi ta’minot turlaridan biri yoki bir nechtasi taqdim etilishi mumkin:

  • sug‘urta polisi;
  • jismoniy va (yoki) yuridik shaxs kafilligi;
  • ko‘chmas mulk shaklidagi qo‘shimcha garov.

Ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125 foizini, Bank bilan aloqador shaxslar uchun esa kamida 130 foizini tashkil etishi kerak. Ta’minotning yetishmaydigan qismi uchun sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin.

Uy foydalanishga topshirilib, mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng:
Xarid qilinayotgan kvartira Bank garoviga topshiriladi. Kredit summasi kvartira qiymatining 80 foizidan oshmasligi kerak.

Avval taqdim etilgan sug‘urta polisining maqsadi garov mulkini sug‘urtalashga o‘zgartirilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi Bank tomonidan tasdiqlangan shaklda kreditning butun muddati uchun rasmiylashtiriladi.

Qo‘shimcha shartlar:

  • kredit faqat Bank bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan obyektlar bo‘yicha ajratiladi;
  • qarz oluvchining kreditlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi kerak;
  • qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak;
  • kredit ipoteka subsidiyasini oluvchi fuqarolarga ajratilmaydi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar