Foiz stavkasi:
yillik 18%.
Agar kvartiraning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng 30 kun ichida kvartira bank foydasiga garovga qo‘yilmasa, foiz stavkasi vaqtincha yillik 27% miqdorida qo‘llaniladi (garov rasmiylashtirilguniga qadar).
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (elektron shaklda olinishi mumkin);
ulush kiritish shartnomasi (zarur hollarda);
boshlang‘ich badalni tasdiqlovchi hujjatlar;
kredit ta’minotiga doir hujjatlar;
qonunchilikka muvofiq boshqa hujjatlar (zarur hollarda).
Qarz oluvchi (yoki birgalikda qarz oluvchi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi lozim:
murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
kredit to‘lovlarini amalga oshirish uchun yetarli doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
amaldagi kreditlar, mikroqarzlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
mazkur dastur doirasida ipoteka kreditidan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi
(2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi);
kvartira qiymatining kamida 20% miqdorida boshlang‘ich badal shakllantirgan bo‘lishi.
5 nafargacha birgalikda qarz oluvchilarni jalb qilish mumkin.
Qarz yuki ko‘rsatkichi — tasdiqlangan daromadning 50%idan oshmasligi lozim.
So‘nggi 24 oy uchun kredit tarixi o‘rganiladi.
Alohida toifalar uchun:O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Mehnat migrantlari — labor-migration tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat va so‘nggi 6 oy ichidagi pul o‘tkazmalari haqida ma’lumot.
Kreditning maqsadi
birlamchi uy-joy bozorida qurilayotgan ko‘p kvartirali uydagi kvartirani ulush kiritish asosida moliyalashtirish
Kredit maksimal miqdori:
800 mln so‘mgacha
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar — 380 mln so‘mgacha
Toshkent shahri — 480 mln so‘mgacha
Qolgan qismi — bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:
kvartira qiymatining kamida 20%.
(Auksion savdolari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar ham boshlang‘ich badal sifatida qabul qilinishi mumkin.)
Ta’minot:
Uy foydalanishga topshirilgandan so‘ng kvartira bank foydasiga garovga rasmiylashtiriladi.
Garov rasmiylashtirilguniga qadar quyidagi ta’minot turlaridan biri yoki bir nechtasi qabul qilinishi mumkin:
kredit qaytmasligi xatarini sug‘urta qilish;
jismoniy yoki yuridik shaxs kafilligi;
boshqa ko‘chmas mulk.
Qo'shumcha ma'lumot:
Kredit summasi kvartira qiymatining 80%idan oshmasligi lozim.
(Ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi kerak.)
Bankka aloqador shaxslar uchun ta’minot qiymati kredit summasining kamida 130%ini tashkil etishi lozim.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.