O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida
Hujjatlar
1. Talaba, qo‘shimcha qarzdor va kafilning pasporti (ID karta)
2. Ta’lim muassasasining qabul qilinganlik to‘g‘risidagi taklifnoma xati (1-kurs talabalari uchun)
3. Ta’minot hujjatlari
4. To‘lov-kontrakt shartnomasi (SWIFT kodi ko‘rsatilgan invoys)
5. Har bir o‘quv davri (semestr, trimestr, yarim yillik yoki yillik) yakuni bo‘yicha akademik o‘zlashtirish natijalari to‘g‘risidagi hujjat (2-kursdan boshlab)
6. 30 yoshdan oshgan pedagog xodimlar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma nusxasi
Talablar
1. 30 yoshdan oshmagan, shu jumladan 30 yoshda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (pedagog xodimlar bundan mustasno)
2. Xalqaro e’tirof etilgan TOP-300 talik reytingga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat hamda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olish uchun
3.QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-300 ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar va pedagog xodimlar
4. Kredit ajratish bo‘yicha yakuniy qaror Anderrayterlar guruhi tomonidan qabul qilinadi
5. Ta’lim krediti kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘idagi kredit mablag‘larini ta’lim tashkilotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i asosida, bankning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinib ajratiladi. Mablag‘ kredit oluvchining yozma topshirig‘iga asosan oliy ta’lim muassasasining bank hisobvarag‘iga SWIFT tizimi orqali o‘tkaziladi. Garov asosida ajratilgan kreditlarda qo‘shimcha qarzdor talab etiladi
Qo‘shimcha shartlar
1. Maksimal miqdori:
20 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorning milliy valyutadagi ekvivalenti
2. Kredit muddati:
Asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi
3. Boshlang‘ich to‘lov:
0%
4. Kredit toʻlov usuli:
annuitet yoki differensial
5. Kredit ta'minoti:
18 yoshga to‘lgan hamda 60 yoshdan oshmagan, doimiy daromadga ega bo‘lgan shaxs
Likvidli mol-mulk garovi
Bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha jismoniy shaxs kafilligi
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.