loyihaning ekologik barqarorligini tasdiqlash uchun www.green.uzmrc.uz veb-saytidagi sertifikatlangan baholash tizimidan foydalaniladi;
2) Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning pasporti (ID kartasi);
oldi-sotdi shartnomasi;
mustaqil baholovchi tomonidan tayyorlangan baholash xulosasi va sertifikat;
Talablar
1) Rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
2) Kreditlashga muvofiq turar-joy turi:
yakka tartibda qurilgan uy-joylar (hovli) yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonlar;
yashashga tayyor bo‘lmagan uy-joylar talabga nomuvofiq hisoblanadi;
3) Murojaat qilingan kunda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
4) Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar:
oxirgi 24 oy davomida 4 marta 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi va/yoki oxirgi 6 oyda 1 marta 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda kredit ajratilmaydi;
5) Ta’minot:
ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan uy-joy kredit ta’minoti sifatida garovga olinadi;
6) Uy-joy sug‘urtasi:
uy-joyning 100 foiz qayta tiklash qiymati;
Qo‘shimcha shartlar
1) Maqsadi:
qarz oluvchi yashab turgan xonadonni qayta ta’mirlash uchun (quyosh panellari, ikki va uch oynali derazalar, eshiklar, qozon, devor va tom izolyatsiyasi, issiqlik nasosi, havo sovutish qurilmasi (konditsioner), quyoshli suv isitgichi (kollektor) va boshqa qurilish materiallarini sotib olish hamda o‘rnatish uchun) kredit ajratiladi;
tarkibiy o‘zgartirishlar (rekonstruksiya) ushbu yo‘nalishga kirmaydi;
2) Alohida shart:
kredit mablag‘larining kamida 50 foizi energiya tejamkor mahsulotlar uchun ishlatilishi shart;
mijoz uy-joyni qayta ta’mirlash uchun mahsulot pasportida belgilangan kredit summasi yetmagan taqdirda, qo‘shimcha ravishda “Yashil ipoteka 1” kredit mahsulotidan foydalanishi mumkin;
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.