1) Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning pasporti (ID kartasi);
2) Oldi-sotdi shartnomasi;
3) Ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma;
4) Kredit bo‘yicha ta’minot turi hamda ushbu ta’minotga oid hujjatlar;
Talablar
1) Murojaat qilingan kunda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
2) Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar:
Oxirgi 24 oy davomida 4 martagacha 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi va/yoki oxirgi 6 oyda 1 marta 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda kredit ajratilmaydi
Qarz oluvchining o‘rtacha daromadi bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobaridan oshgan hamda qarz yuki 50 foizdan oshmagan taqdirda, kredit tarixidan qat’i nazar ipoteka krediti ajratilishiga ruxsat etiladi;
3) Ta’minot:
Uy-joy qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilguniga qadar mol-mulk garovi, kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalash polisi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari
Uy-joy foydalanishga topshirilgandan so‘ng tegishli xonadon garovi;
Qo‘shimcha shartlar
1) Toshkent shahri uchun — 480 mln so‘mgacha;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 380 mln so‘mgacha;
3) 20 foiz (uy-joy foydalanishga topshirilib, belgilangan tartibda garovga qo‘yilgandan so‘ng “Farovon” ipoteka krediti shartlaridagi foiz stavkasiga o‘zgartiriladi);
4) Alohida shart:
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ushbu kredit mahsulotini ajratishga ruxsat etiladi
Bunda boshlang‘ich badal miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uy-joy qiymatining kamida 40 foizi, Toshkent shahrida esa kamida 25 foizi va undan yuqori bo‘lganda mijozning qarz yuki hisobga olinmaydi hamda rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar uchun daromad talab etilmaydi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga kredit ajratilganda doimiy daromadga ega bo‘lgan birgalikda qarz oluvchi talab etiladi
Pudratchi (qurilish tashkiloti) tomonidan bosh shartnomada belgilangan muddatda uy o‘z vaqtida topshirilmagan taqdirda, mijozga (jismoniy shaxsga) ajratilgan ipoteka krediti shartlari “Qulay” kredit mahsuloti shartlariga o‘zgartiriladi. Mazkur shart kredit shartnomasida aks ettiriladi
Xalq banki mintaqaviy markazlari hamda pudratchi o‘rtasida ulush kiritish asosida qurilishni moliyalashtirish to‘g‘risida bosh kelishuv tuzilishi mumkin;
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.