Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 125
  • Yangilangan sana: 27 Mar 2026, 17:05

Imkon” ipoteka krediti

  • 126
  • Yangilangan sana: 27 Mar 2026, 17:05
  • 20%
    Foiz stavkasi
  • 1 000 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 240 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oygacha
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125%
Foiz stavkalari
1) Yillik foiz stavkasi - 20%

2) Boshlang‘ich badal - 15%
Hujjatlar
1) Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning pasporti (ID kartasi);

2) Oldi-sotdi shartnomasi;

3) Ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma;

4) Kredit bo‘yicha ta’minot turi hamda ushbu ta’minotga oid hujjatlar;
Talablar
1) Murojaat qilingan kunda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

2) Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar: 
  • Oxirgi 24 oy davomida 4 martagacha 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi va/yoki oxirgi 6 oyda 1 marta 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda kredit ajratilmaydi
  • Qarz oluvchining o‘rtacha daromadi bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobaridan oshgan hamda qarz yuki 50 foizdan oshmagan taqdirda, kredit tarixidan qat’i nazar ipoteka krediti ajratilishiga ruxsat etiladi;
3) Ta’minot:
  • Uy-joy qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilguniga qadar mol-mulk garovi, kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalash polisi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari
  • Uy-joy foydalanishga topshirilgandan so‘ng tegishli xonadon garovi;
Qo‘shimcha shartlar
1) Toshkent shahri uchun — 480 mln so‘mgacha;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 380 mln so‘mgacha;

3) 20 foiz (uy-joy foydalanishga topshirilib, belgilangan tartibda garovga qo‘yilgandan so‘ng “Farovon” ipoteka krediti shartlaridagi foiz stavkasiga o‘zgartiriladi);

4) Alohida shart:
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ushbu kredit mahsulotini ajratishga ruxsat etiladi
  • Bunda boshlang‘ich badal miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uy-joy qiymatining kamida 40 foizi, Toshkent shahrida esa kamida 25 foizi va undan yuqori bo‘lganda mijozning qarz yuki hisobga olinmaydi hamda rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar uchun daromad talab etilmaydi
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga kredit ajratilganda doimiy daromadga ega bo‘lgan birgalikda qarz oluvchi talab etiladi
  • Pudratchi (qurilish tashkiloti) tomonidan bosh shartnomada belgilangan muddatda uy o‘z vaqtida topshirilmagan taqdirda, mijozga (jismoniy shaxsga) ajratilgan ipoteka krediti shartlari “Qulay” kredit mahsuloti shartlariga o‘zgartiriladi. Mazkur shart kredit shartnomasida aks ettiriladi
  • Xalq banki mintaqaviy markazlari hamda pudratchi o‘rtasida ulush kiritish asosida qurilishni moliyalashtirish to‘g‘risida bosh kelishuv tuzilishi mumkin;
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Xalq banki
Litsenziya raqami: 25, 21.10.1993
Manzil: 100096, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 46-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1106
STIR: 207215726
E-mail: info@xb.uz
Sayt: www.xb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar