Yillik foiz stavkasi
Uy-joy foydalanishga topshirilib, kredit hisobiga sotib olingan xonadon belgilangan tartibda garovga qo‘yilgandan so‘ng:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hisobidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4%;
bankning o‘z hamda jalb qilingan mablag‘lari hisobidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 13%.
Asosiy qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat. Qarz oluvchi hujjatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega.
Qarz oluvchi harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda, uning harbiy guvohnomasi vizual identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan nusxa olinadi.
Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar. Ushbu ma’lumotlar bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin.
Ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma.
Kredit ta’minotiga doir hujjatlar.
Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Birgalikda qarz oluvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat. Birgalikda qarz oluvchi hujjatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega.
Birgalikda qarz oluvchi harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda, uning harbiy guvohnomasi vizual identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan nusxa olinadi.
Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar. Ushbu ma’lumotlar bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin.
Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Kafillar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat. Hujjat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin.
Kafil harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda, uning harbiy guvohnomasi vizual identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan nusxa olinadi.
Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar. Ushbu ma’lumotlar bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin.
Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar asl nusxada va/yoki tasdiqlangan nusxada taqdim etiladi. Ayrim ma’lumotlar bank tizimlari orqali elektron tarzda tekshirilishi mumkin.
Asosiy qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda qarz oluvchi 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi, kreditni oxirgi so‘ndirish vaqtida esa 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi doimiy ish joyiga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi kerak.
Birgalikda qarz oluvchilarga qo‘yiladigan talablar
Birgalikda qarz oluvchilar soni — 3 nafargacha.
Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda birgalikda qarz oluvchi 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi, kreditni oxirgi so‘ndirish vaqtida esa 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
Birgalikda qarz oluvchi doimiy ish joyiga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi kerak.
Kafillarga qo‘yiladigan talablar
Kafil O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak.
Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilingan kunda kafil 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi, kreditni oxirgi so‘ndirish vaqtida esa 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
Kafil doimiy ish joyiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi kerak. Ushbu daromadlar kredit bo‘yicha har oylik to‘lovlarni qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Kafilning amaldagi kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi kerak.
Kredit maqsadi
Ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etishni moliyalashtirish. Kredit bank bilan ulush kiritish asosida uy-joylar qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha bosh kelishuv tuzilgan obyektlar uchun ajratiladi.
Yillik foiz stavkasi
Uy-joy foydalanishga topshirilib, kredit hisobiga sotib olingan xonadon belgilangan tartibda garovga qo‘yilgandan so‘ng:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hisobidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4%;
bankning o‘z hamda jalb qilingan mablag‘lari hisobidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 13%.
Kreditning eng ko‘p miqdori
1 mlrd so‘mgacha.
Uy-joy foydalanishga topshirilib, belgilangan tartibda garov sifatida rasmiylashtirilgandan so‘ng kredit Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hamda bankning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hisobidan — Toshkent shahri uchun 420 mln so‘mgacha;
qolgan qismi, kreditning eng ko‘p miqdoridan oshmagan holda, bankning o‘z hamda jalb qilingan mablag‘lari hisobidan.
Boshlang‘ich badal
Xonadon qiymatining kamida 20 foizi.
O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun — kamida 35 foiz.
Maksimal imtiyozli davr
6 oygacha, mijozning xohishiga ko‘ra.
To‘lov jadvali
Annuitet yoki differensial.
Kreditning maksimal muddati
20 yilgacha.
Moliyalashtirish manbai
Dastlab — bankning o‘z mablag‘lari hisobidan.
Uy-joy foydalanishga topshirilib, garovga qo‘yilgandan so‘ng — Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hamda bankning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan.
Kredit ta’minoti
Uy-joy foydalanishga topshirilgunga qadar:
qarz oluvchi va quruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida talab qilish huquqi garovi;
ko‘p qavatli turar joyni quruvchi yuridik shaxsning kafilligi — kamida 125%, aloqador shaxslar uchun kamida 130% miqdorida;
yuridik shaxs depozit mablag‘lari — uy-joy qiymatining kamida 20 foizi miqdorida;
qarz oluvchi tomonidan boshqa mol-mulk garovi taqdim etilishi mumkin. Bunda kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi 80 foizdan oshmasligi lozim.
Uy-joy foydalanishga topshirilgandan so‘ng:
sotib olinayotgan xonadon garovi;
kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi 80 foizdan oshmasligi lozim.
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha:
kredit miqdorining uy qiymatiga nisbati — 75 foizgacha;
kreditning garov bilan ta’minlanganligi — kamida 133%.
Qo‘shimcha shartlar
Ipoteka faqat bank bilan bosh kelishuv tuzilgan obyektlar uchun taqdim etiladi.
Mijoz boshqa kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi lozim.
Qarz oluvchi dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi lozim.
Kredit to‘liq so‘ndiriladigan sanada qarz oluvchining yoshi 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.