Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1014
  • Yangilangan sana: 7 Aug 2026, 15:00

Exclusive ipoteka

  • 1015
  • Yangilangan sana: 7 Aug 2026, 15:00
  • 18 % dan
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 20 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 20 %
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oygacha (differensial grafikda)
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy)
Foiz stavkalari
Фоиз ставкаси:

Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ресурс маблағлари ҳисобидан
Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг асосий ставкаси + 4%

Банкнинг ўз маблағлари ҳисобидан
Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг асосий ставкаси + 14%
Hujjatlar
  • pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
  • birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnoma, uy joy qurilishi tugallangan ob’ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma (Uy-joy qurishga ruxsatnoma/Ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida Davlat reyestridan ko'chirma/kadastr hujjatlari);
  • garovga olinayotgan mulkning real bozor bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (zarur hollarda);
  • shuningdek, kredit hujjatlarini o‘rganish jarayonida qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
  • Asosiy talablar

    Qarz oluvchi yoki birgalikda qarz oluvchi quyidagi talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi mumkin:

    • murojaat qilingan sanada 18 yoshdan 60 yoshgacha, shu jumladan;
    • kreditni so‘ndirish uchun yetarli doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
    • amaldagi kreditlar, mikroqarzlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
    • ushbu dastur doirasidagi ipoteka krediti birinchi marta rasmiylashtirilishi. 2024-yil 1-maygacha olingan kreditlar hisobga olinmaydi;
    • kvartira qiymatining kamida 20 foizi miqdorida boshlang‘ich badalga ega bo‘lishi.

    5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilish mumkin.

    Bank oxirgi 24 oylik kredit tarixini o‘rganadi.

    Daromadni tasdiqlash

    To‘lovga qobiliyatlilikni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

    • oxirgi 6 oydagi ish haqi;
    • pensiya;
    • yakka tartibdagi tadbirkor daromadlari;
    • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari;
    • bank hisobvaraqlari va bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar;
    • mavsumiy daromadlar — oxirgi 6 oyning kamida 3 oyi uchun;
    • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

    Daromad soliqlar chegirilgan holda hisobga olinadi.

Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi:
Foydalanishga topshirilgan, xonadonlarga ajratilgan va pardozlash ishlarini amalga oshirishga tayyor birlamchi uy-joy bozoridagi kvartirani xarid qilish.

Kreditning maksimal summasi:
1 mlrd so‘mgacha.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 380 mln so‘mgacha;
  • Toshkent shahrida — 480 mln so‘mgacha.

Yetishmaydigan qismi Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.

Boshlang‘ich badal:
Kvartira qiymatining kamida 20 foizi.

Auksion orqali kiritilgan to‘lov boshlang‘ich badal sifatida hisobga olinishi mumkin.

Kredit muddati:
20 yilgacha.

Foiz stavkasi:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4 foiz bandi.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 14 foiz bandi.

Imtiyozli davr:
Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 6 oygacha.

To‘lov usuli:
Qarz oluvchining tanloviga ko‘ra — annuitet yoki differensial to‘lov jadvali.

Kredit ta’minoti:
Xarid qilinayotgan kvartira garovi.

Mulk huquqi rasmiylashtirilgandan so‘ng kvartira Bank garoviga topshiriladi.

Ta’minotga qo‘yiladigan talablar:

  • kredit summasi garov mulki qiymatining 85 foizidan oshmasligi kerak;
  • ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak;
  • Bank bilan aloqador shaxslar uchun ta’minot qiymati kredit summasining kamida 130 foizini tashkil etishi kerak;
  • kreditning ta’minlanmagan qismi uchun sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar