| Boshlang‘ich badal | 12 oygacha | 24 oygacha | 36 oygacha | 48 oygacha | 60 oygacha |
|---|---|---|---|---|---|
| 30% | 0% | 6% | 11% | 15% | 16,5% |
| 40% | 0% | 4% | 10% | 14% | 16% |
| 50% | 0% | 0% | 9,5% | 12,5% | 14,5% |
Qarz oluvchilarning barcha toifalari uchun:
Kredit maqsadi:
Rasmiy hamkor — «JAC Motors Tashkent» MChJ QKdan yangi Jac M3 Furgon, M3 Lyuks, M4 9 MT, Sunray Furgon, 16 o‘rinli Sunray mikroavtobusi, T8 Full 4x4, T9 Luxury, JS8 Flagship +, 7 o‘rinli JS8 Flagship va Refine RTS Flagship avtomobillarini sotib olish.
Kredit valyutasi:
Milliy valyuta — so‘m.
Kredit summasi:
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq avtomobil qiymatining 70 foizigacha.
Kredit muddati:
60 oygacha.
Boshlang‘ich badal:
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq avtomobil qiymatining 30, 40 yoki 50 foizi.
To‘lov usuli:
Yillik 0 foiz stavkali kreditlar bo‘yicha — differensial to‘lov jadvali. Foiz stavkali kreditlar bo‘yicha — differensial yoki annuitet to‘lov jadvali.
Kredit ta’minoti:
Sotib olinayotgan avtomobil garovi.
Sug‘urta:
Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning butun muddati uchun rasmiylashtiriladi. Avtomobil garovga qabul qilingunga qadar kredit ta’minoti sifatida sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin. Avtomobil garovga rasmiylashtirilgandan so‘ng sug‘urta garovni sug‘urtalash shaklida qayta rasmiylashtirilishi lozim.
Kredit berish tartibi:
Boshlang‘ich badal avtomobil oldi-sotdi shartnomasi asosida o‘tkaziladi. Kreditning qolgan qismi avtomobilga VIN-raqami bo‘yicha taqiq o‘rnatilgandan yoki avtomobil garovga rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Tegishli cheklov o‘rnatilgunga qadar kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Avtomobil qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng belgilangan tartibda garovga qo‘yilishi lozim.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.