Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 349
  • Yangilangan sana: 19 Oct 2026, 11:25

JAC-Avto imkon AVTOKREDITI

  • 350
  • Yangilangan sana: 19 Oct 2026, 11:25
  • 0-16,5 %
    Foiz stavkasi
  • yo‘q
    Eng kam miqdori
  • 60 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 30 % dan
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud emas
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): Xarid qilinayotgan avtomobil
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
Foiz stavkalari
Boshlang‘ich badal 12 oygacha 24 oygacha 36 oygacha 48 oygacha 60 oygacha
30% 0% 6% 11% 15% 16,5%
40% 0% 4% 10% 14% 16%
50% 0% 0% 9,5% 12,5% 14,5%
Hujjatlar

Qarz oluvchilarning barcha toifalari uchun:

  1. Pasport yoki ID-karta.
  2. Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar:
    • ish haqi va pensiya;
    • bank hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar;
    • foizli, ijara va boshqa doimiy daromadlar;
    • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari — oxirgi 6 oyda hisobvaraq bo‘yicha aylanmaning kamida 20 foizi miqdorida.
  3. Birlamchi bozordan avtomobil sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi.
  4. Avtomobil sotib olingandan keyin uni ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi hujjatlar.
  5. Boshqa hujjatlar — zarur hollarda, Bank talablariga muvofiq.

Talablar


  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
  • yosh — 18 yoshdan 65 yoshgacha;
  • doimiy ish joyi yoki boshqa tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lish;
  • tasdiqlangan to‘lovga qobiliyat;
  • muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
  • qarz yuki — 50 foizdan oshmasligi;
  • 3 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilish imkoniyati;
  • Bank tomonidan oxirgi 24 oy uchun kredit tarixi o‘rganiladi.

Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi:
Rasmiy hamkor — «JAC Motors Tashkent» MChJ QKdan yangi Jac M3 Furgon, M3 Lyuks, M4 9 MT, Sunray Furgon, 16 o‘rinli Sunray mikroavtobusi, T8 Full 4x4, T9 Luxury, JS8 Flagship +, 7 o‘rinli JS8 Flagship va Refine RTS Flagship avtomobillarini sotib olish.

Kredit valyutasi:
Milliy valyuta — so‘m.

Kredit summasi:
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq avtomobil qiymatining 70 foizigacha.

Kredit muddati:
60 oygacha.

Boshlang‘ich badal:
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq avtomobil qiymatining 30, 40 yoki 50 foizi.

To‘lov usuli:
Yillik 0 foiz stavkali kreditlar bo‘yicha — differensial to‘lov jadvali. Foiz stavkali kreditlar bo‘yicha — differensial yoki annuitet to‘lov jadvali.

Kredit ta’minoti:
Sotib olinayotgan avtomobil garovi.

Sug‘urta:
Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning butun muddati uchun rasmiylashtiriladi. Avtomobil garovga qabul qilingunga qadar kredit ta’minoti sifatida sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin. Avtomobil garovga rasmiylashtirilgandan so‘ng sug‘urta garovni sug‘urtalash shaklida qayta rasmiylashtirilishi lozim.

Kredit berish tartibi:
Boshlang‘ich badal avtomobil oldi-sotdi shartnomasi asosida o‘tkaziladi. Kreditning qolgan qismi avtomobilga VIN-raqami bo‘yicha taqiq o‘rnatilgandan yoki avtomobil garovga rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Tegishli cheklov o‘rnatilgunga qadar kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Avtomobil qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng belgilangan tartibda garovga qo‘yilishi lozim.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar