Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 973
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2026, 12:44

Green Comfort

  • 974
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2026, 12:44
  • 20 %
    Foiz stavkasi
  • Ko'zda tutilmag...
    Eng kam miqdori
  • 36 oy
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: Ko'zda tutilmagan
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125% dan kam emas
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida + 6 %
Hujjatlar
  • Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

    • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
      (qarz oluvchi YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);
    • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
      (rasmiy daromadlar bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);
    • Iste’mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi subyekt (yuridik shaxs) bilan tuzilgan shartnoma;
    • Ta’minotga doir hujjatlar;
      agar ta’minot sifatida mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda — mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
    • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).

    Birgalikda qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

    • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
      (birgalikda qarz oluvchi YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);
    • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
      (bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);
    • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).

    Kafil shaxs tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

    • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
      (kafil YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);
    • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
      (bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);
    • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda). 
Talablar

Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan umumiy talablar

  • Kredit ajratilishi uchun murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan, kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida esa 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • Doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi, jumladan:
    • ish haqi;
    • pensiya;
    • dividendlar;
    • mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
    • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan, kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan boshqa daromadlar;
  • Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • Qarz yuki ko‘rsatkichi — 50 % dan oshmasligi;
  • 3 nafargacha birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin.

Kafilga qo‘yiladigan talablar

  • Kredit ajratilishi uchun murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan, kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida esa 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • Doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • Qarz yuki ko‘rsatkichi — 50 % dan oshmasligi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun talablar

Kredit quyidagi talablar asosida taqdim etiladi:

  • Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
  • Daromadlar bankning elektron tizimi orqali kamida so‘nggi 6 oy davomida tushgan tushumlar asosida aniqlanadi;
  • Ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
    • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;
    • noturar joy;
  • Birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin;
  • Ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha oldingi qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgan taqdirda, kreditdan qayta foydalanishga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi

Kredit quyidagi turdagi uskunalarni sotib olish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatishni moliyalashtirish uchun taqdim etiladi:

  • fotoelektrik quyosh stansiyalari;
  • quyosh suv isitkichlari (geliokollektorlar);
  • shamol generatorlari;
  • mikro va kichik GESlar (quvvati 1 MVtgacha);
  • biogaz ishlab chiqarish uskunalari va qurilmalari;
  • issiqlik nasoslari;
  • energiyani saqlash tizimlari;
  • ekologik uskunalar va qurilmalar.

Kreditning asosiy shartlari

  • Maksimal kredit miqdori — 200 mln so‘mgacha
  • Kredit muddati — 36 oygacha
  • Boshlang‘ich badal — ko‘zda tutilmagan
  • Foiz stavkasi* — MB asosiy stavkasi + 6 %
  • Imtiyozli davr — 6 oygacha (differensial to‘lov jadvali bo‘yicha)
  • So‘ndirish usuli — differensial / annuitet

Kredit ta’minoti

100 mln so‘mgacha:

  • jismoniy shaxs kafilligi;
  • kredit qaytmasligi xavfi bo‘yicha sug‘urta polisi (kreditning butun muddati uchun);
  • avtotransport vositasi (5 yildan oshmagan);
  • ko‘chmas mulk garovi
    (agar obyekt turar joy bo‘lsa, unda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar bo‘lmasligi kerak).

100 mln so‘mdan yuqori:

  • avtotransport vositasi;
  • ko‘chmas mulk (5 yildan oshmagan).

Ta’minot talablari:

  • kredit miqdorining kamida 125 %;
  • affillangan shaxslar uchun — kamida 130 %.

Kredit olish tartibi

Kredit mablag‘lari tuzilgan shartnomaga muvofiq tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchisi yoki sotuvchisining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.


Qo‘shimcha shartlar

  • Mijoz energiya samarador uskunalarni xarid qilishda xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish imkoniyati bilan yagona elektron platforma orqali foydalanishi mumkin: www.energymarket.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar restrukturizatsiya qilinmaydi va muddati uzaytirilmaydi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar