Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 476
  • Yangilangan sana: 12 Nov 2025, 09:56

“Mikrokredit”

  • 477
  • Yangilangan sana: 12 Nov 2025, 09:56
  • 26,9% dan
    Foiz stavkasi
  • 50000000
    Eng kam miqdori
  • 5 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: naqd pul / bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: Ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125% bo‘lishi lozim; Bank bilan bog‘liq shaxslar uchun — kamida 130%. Mulk sug‘urta shartnomasi kreditning butun muddati uchun tuziladi.
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari

Foiz stavkasi:

3 yil — 26,9%
4 yil — 27,9%
5 yil — 28,9%

Hujjatlar

Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:

  1. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.
    (Agar mijoz harbiy xizmatchi bo‘lsa, harbiy guvohnoma taqdim etiladi, pasport nusxasi ham talab qilinadi.)

  2. Soliq organlaridan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

  3. Garov sifatida taqdim etilgan mulkning qiymati bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisobotini taqdim etish (zarur hollarda).

  4. Bank tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa tegishli hujjatlar.

Kafil tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:

  1. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.

  2. Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumot (bankning elektron tizimi orqali ham olinishi mumkin).

  3. Mijozni o‘rganish jarayonida bank tomonidan so‘ralgan boshqa hujjatlar.

Talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

  • Kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida yoshi 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lishi;

  • Rasmiy yoki norasmiy barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi;

  • O‘rtacha oylik daromad kredit va foizlarni o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashi;

  • O‘rtacha oylik daromad SQB Mobile ilovasiga ulangan bank hisobvarag‘idagi 6 oylik tushumlar asosida aniqlanadi;

  • Ilgari olingan kreditlarga ega bo‘lishi mumkin, agar to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lsa;

  • Muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilmaydi;

  • Agar mijoz ilgari ikki marotaba 90 kundan ortiq kechiktirilgan to‘lovga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, kredit ajratilmaydi.

  • Qo‘shimcha shartlar

    Mikroqarzning maqsadi:

    Mazkur kredit o‘zini o‘zi band qilgan, mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, xizmatlar ko‘rsatayotgan yoki ishlarni bajarayotgan shaxslar uchun mo‘ljallangan.
    Mablag‘lardan faoliyatingiz bilan bog‘liq istalgan maqsadlar uchun foydalanish mumkin.


    Mikroqarz miqdori:

    50 million so‘mdan 300 million so‘mgacha


    Mikroqarz muddati:

    5 yilgacha


    To'lov oraliq davri:

    har oy


    To‘lov usuli:

    • аnnuitet - muntazam vaqt oralig'ida teng miqdorda
    • differensial - hajmi kamayib boruvchi miqdor

    Bankda ro‘yxatdan o‘tishda mikroqarzni ta‘minlash:

    50 million so‘mgacha:

    • Jismoniy shaxs kafilligi (3 nafargacha);

    • Ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;

    • Ko‘chmas mulk (agar unda doimiy ro‘yxatda turgan shaxslar mavjud bo‘lmasa).

    300 million so‘mgacha:

    • Ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;

    • Ko‘chmas mulk (doimiy ro‘yxatda turgan shaxslar mavjud bo‘lmagan holda).


    Garov talablari:

  • Ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125% bo‘lishi lozim;

  • Bank bilan bog‘liq shaxslar uchun — kamida 130%.

  • Mulk sug‘urta shartnomasi kreditning butun muddati uchun tuziladi.



  • Kredit kalkulyatori

    Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

    Bank haqida
    O‘zsanoatqurilishbank
    Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
    Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
    Aloqa telefon raqami:
    Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
    STIR: 200833707
    E-mail: info@sqb.uz
    Sayt: www.sqb.uz
    Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
    Ko‘p beriladigan savollar