Dastlabki to'lov: 25% dan (rasmiy daromadga ega shaxslar uchun), 30% dan (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun)
Hujjatlar
1.Kredit olish uchun ariza;
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-Karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
3. Pudratchi-sotuvchi tashkilot bilan tuzilgan uy-joy sotib olish bo‘yicha shartnoma;
4. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar;
5. Zarur xollarda kredit hisobiga sotib olinayotgan obʼekt joylashgan koʼp qavatli uylar uchun vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (hokimning qarori va boshqalar);
6. Sotib olinadigan kvartiraning kadastr reestridan ko`chirma;
7. O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida guvohnoma (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga kredit ajratishda);
8. 2026-yil 1-apreldan boshlab ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga kredit ajratishda).
Talablar
Kredit doimiy rasmiy daromadiga ega yoki o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 18 dan 60 gacha bo‘lgan fuqarolarga ajratiladi.
Qo‘shimcha shartlar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan birlamchi uy-joy bozoridagi ko‘p qavatli uylardan kvartiralar sotib olish uchun Toshkent shahrida 480,0 mln so‘m va hududlarda 380,0 mln so‘m miqdorida ajratilgan "Yangi uy" ipoteka kreditiga qo‘shimcha ravishda beriladi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.