Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 2473
  • Yangilangan sana: 21 May 2026, 16:16

Overdraft

  • 2474
  • Yangilangan sana: 21 May 2026, 16:16
  • 21%
    Foiz stavkasi
  • 100 000
    Eng kam miqdori
  • 12 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 3 oygacha
  • Ajratish shakli: bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 125%
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
 21%
Hujjatlar
Ta'minot:

- 100.0 mln.so‘mgacha ajratiladigan overdraft uchun 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda, uchinchi shaxs kafilligi, likvidli mol-mulk garovi hamda ta’minotsiz shartlarda taqdim etiladi;

- 100.0 mln.so‘mdan yuqori miqdorda ajratiladigan overdraft uchun 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda likvidli mol-mulk garovi hamda ta’minotsiz shartlarda taqdim etiladi.

Overdraftni olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.);

- Overdraft qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;

- Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to‘g‘risidagi hisoboti (kredit mol-mulk garovi asosida ajratilganda)

Talablar
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan, “Asia Alliance Bank” АTBda oylik ish haqi yoki pensiya to‘lovi doirasida maxsus so‘m plastik kartochka hisob raqamiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.
Qo‘shimcha shartlar

Overdraft – Bank tomonidan Qarz oluvchiga oʻrnatilgan limit va muddat doirasida beriladigan kredit.

Bunda Qarz oluvchi - "Asia Alliance Bank" ATBda ish haqi yoki pensiya hisobi loyihasida ochilgan maxsus so`mdagi kartochka hisobraqamiga ega bo`lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.


- Overdraft 12 oy muddatga beriladi.
- Overdraftning foiz stavkasi miqdori - yillik 21 foiz.
- Hech qanday yashirin vositachilik haqlarisiz: faqat foiz stavkasi.
- Kredit boʻyicha qarzdorlik kartangizga ish haqi/pensiya oʻtkazilganidan soʻng avtomatik ravishda qoplanadi.
- Berilayotgan overdraft miqdori oʻrtacha oylik ish haqining/pensiyaning 3 baravaridan oshmasligi kerak.

Overdraft ta’minotsiz shartlarda taqdim etilganda, overdraftning 125 foizi miqdorida qarz oluvchini baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi;

100.0 mln.so‘mdan yuqori miqdorda ta’minotsiz shartlarda ajratiladigan overdraft uchun:

- Uzluksiz daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamida 12 oy uchun hisoblanadi;
- “Infoscore”dan o‘tish ko‘rsatkichi B370 ball;
- Qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 40 foizdan oshmasligi lozim;
- Qarzning daromadga nisbati ko’rsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim;
- So‘nggi besh yillik kredit tarixi olinadi;
- Kredit byurolaridan olingan so‘nggi 3 yil muddatdagi kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim.

Bunda,: 30+ 3 tagacha yo‘l qo‘yiladi; 60+ 1 tagacha yo‘l qo‘yiladi; 90+ yo‘l qo‘yilmaydi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Asia Alliance Bank
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71 231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar