Overdraftni olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.);
- Overdraft qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
- Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to‘g‘risidagi hisoboti (kredit mol-mulk garovi asosida ajratilganda)
Overdraft – Bank tomonidan Qarz oluvchiga oʻrnatilgan limit va muddat doirasida beriladigan kredit.
Bunda Qarz oluvchi - "Asia Alliance Bank" ATBda ish haqi yoki pensiya hisobi loyihasida ochilgan maxsus so`mdagi kartochka hisobraqamiga ega bo`lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.
- Overdraft 12 oy muddatga beriladi.
- Overdraftning foiz stavkasi miqdori - yillik 21 foiz.
- Hech qanday yashirin vositachilik haqlarisiz: faqat foiz stavkasi.
- Kredit boʻyicha qarzdorlik kartangizga ish haqi/pensiya oʻtkazilganidan soʻng avtomatik ravishda qoplanadi.
- Berilayotgan overdraft miqdori oʻrtacha oylik ish haqining/pensiyaning 3 baravaridan oshmasligi kerak.
Overdraft ta’minotsiz shartlarda taqdim etilganda, overdraftning 125 foizi miqdorida qarz oluvchini baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi;
100.0 mln.so‘mdan yuqori miqdorda ta’minotsiz shartlarda ajratiladigan overdraft uchun:
- Uzluksiz daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamida 12 oy uchun hisoblanadi;
- “Infoscore”dan o‘tish ko‘rsatkichi B370 ball;
- Qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 40 foizdan oshmasligi lozim;
- Qarzning daromadga nisbati ko’rsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim;
- So‘nggi besh yillik kredit tarixi olinadi;
- Kredit byurolaridan olingan so‘nggi 3 yil muddatdagi kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim.
Bunda,: 30+ 3 tagacha yo‘l qo‘yiladi; 60+ 1 tagacha yo‘l qo‘yiladi; 90+ yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.