Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 423
  • Yangilangan sana: 30 Jan 2024, 14:31

Avtokredit «IKKILAMCHI» GM

  • 424
  • Yangilangan sana: 30 Jan 2024, 14:31
  • 26,99% foizdan
    Foiz stavkasi
  • 10 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 60 oydan oshmag...
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 25%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: mavjud emas
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125%
Foiz stavkalari
Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foiz va boshlang’ich to’lov miqdorini tanlashlari mumkin:

Boshlang’ich badal miqdori 

Kredit muddati

Foiz stavkasi

Avtomobil narxining 25 %idan kam bo`lmagan miqdorda

12 oygacha

yillik 26,99% 

24 oygacha

yillik 27,99% 

36 oygacha

yillik 28,99% 

  48 oygacha

yillik 29,99%

Avtomobil narxining 30 %idan kam bo`lmagan miqdorda

60 oygacha

yillik 30,99%


Hujjatlar

Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).

Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.

Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasini garovi (asosiy ta’minot);
  • Sug'urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik havfini sug`urta qilish polisi (qo’shimcha ravishda).

Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

1.      Kredit olish uchun ariza.

2.      Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)

3.      Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi.

4.      Mustaqil baholovchi tashkilotning avtotransport vositasini baholash hisoboti.


Talablar

Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Qo‘shimcha shartlar

AVTOKREDIT – “IKKILAMCHI” GM– Ikkilamchi bozordan “UzAuto Motors” AJ va “GM Uzbekistan” tomonidan ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun iste’mol krediti.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
ASIA ALLIANCE BANK
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar