O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan “Asia Alliance Bank” ATBda oylik ish haqi yoki pensiya to‘lovi doirasida ochilgan so‘m bank karta hisob raqamiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.
Qo‘shimcha shartlar
• Qarz oluvchi oxirgi 6 oy davomida doimiy va rasmiy daromadga ega bo‘lishi lozim;
• Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadining 50% miqdori olinayotgan mikroqarz bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lov bilan mavjud kreditlar/qarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorining yig’indisini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim;
• Joriy muddati o‘tgan kredit va foiz qarzdorligi mavjud shaxslarga mikroqarz ajratilmaydi;
• Muddati o‘tgan asosiy qarz uchun oshirilgan foiz stavkasi kredit bo‘yicha foiz stavkasining 1,5 barobarida belgilanadi;
• Qarzning daromadga nisbati ko’rsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim;
• Mikroqarzning 125 foizi miqdorida qarz oluvchini baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug’urta qilish bo’yicha sug’urta tashkilotining sug’urta polisi (Sug‘urta bilan bog‘liq barcha harajatlar Bank tomonidan qoplanadi);
• Qarz oluvchi onlayn mikroqarz olish bo’yicha arizasi ma’qullangandan so’ng, 48 soat ichida Bankka qo’ng’riq qilishi va onlayn mikroqarzni firibgarlik ta’sirisiz, shaxsan o’zi tomonidan olinayotganligini tasdiqlashi lozim.
Ta’minot talab etilmaydi.
Kredit berish tartibi:
Qarz oluvchining bank kartasiga pul o‘tkazish yo‘li orqali.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.