Kredit oluvchining (birgalikda kredit oluvchi) shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari;
Kredit oluvchi va hamkor pudrat tashkiloti o'rtasida tuzilgan (ulush kiritish asosidagi) shartnoma;
Boshlang'ich badal to'langanligi va oldin to'langan mablag'lar to'g'risida to'lov varaqasi yoki to'lovni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (mavjud bo'lganda);
O'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida ma'lumotnoma (mavjud bo'lganda);
Ta'minot bilan bog'liq hujjatlar (mol-mulk taqdim etganda).
Talablar
Tijorat banklari yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar oldida ilgari rasmiylashtirilgan kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorliklari mavjud bo'lmasligi;
Majburiy to'lovlar bo'yicha MIB oldida qarzdorliklari mavjud bo'lmasligi.
Qo‘shimcha shartlar
Rasmiy daromadga ega bo'lmasdan ham ipoteka rasmiylashtirish imkoniyati mavjud;
Qurilish bosqichida qo'shimcha garovsiz;
Ipoteka miqdori sotib olinayotgan uy-joy narxidan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.