Kredit maqsadi: O’zbekiston respublikasi qonunchiligi doirasida har qanday maqsadlar uchun pul mablagʻlarini qarz oluvchining plastik kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan OʻzR milliy valyutasida taqdim etiladi.
Potentsial qarz oluvchiga talablar:
18 yoshdan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxs yoki xorij fuqarosi;
Kredit uchun ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida mehnat stajiga ega boʻlish;
Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish (joriy kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning yoʻqligi, shuningdek bank/banklar oldidagi majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaslik holatining boʻlmaganligi).
To‘lovlar
-
Hujjatlar
1. Kredit uchun ariza (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda);
2. Oylik maoshga tegishli plastik karta va u boʻyicha eng kamida 6 oylik davr uchun aylanmalarning mavjud boʻlishi. Bunda pul aylanmalari amaldagi barcha kreditlarga (shu jumladan yana olinayotgan kredit) oid xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda boʻlishi lozim;
3. Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda);
Aksiya
-
Bank haqida
InFinBank
Litsenziya raqami: 75, 09.01.2010
Manzil:
100029, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy