Foiz stavkasi (1 bank kunidan ortiq omonatdagi summaga qarab hisoblanadi):
Yiliga 25% - birinchi 3 oy (1 oydan 3 oygacha bo‘lgan omonatdagi mablag'larda);
Yiliga 23% - keyingi 4 oy (4 oydan 7 oygacha bo‘lgan omonatdagi mablag'larda);
Yiliga 21% - keyingi 5 oy (8 oydan 12 oygacha bo‘lgan omonatdagi mablag'larda);
Yillik 19% - omonat muddati tugagunga qadar (13 oydan 36 oygacha).
Qo‘shimcha shartlar
Foizlar har oy omonat ochilgan kuni to'lanadi.
Omonatni to'ldirish - ruxsat etiladi, shu bilan to‘ldirish uchun amal qilyapgan dastlabki omonatga qo'llaniladigan stavka bilan bir xil stavka amal qiladi,
Omonatni qisman yechib olishga yo'l qo'yilmaydi;
Omonatni muddatidan oldin yopish quyidagi shartlarda ruxsat beriladi:
Agar dastlabki 12 oy davomida omonat muddatidan oldin talab qilingan bo‘lsa, to‘liq bo‘lmagan oy uchun foizlar omonatchiga to‘lanmaydi va ilgari to‘langan foizlar 19% stavkadan kelib chiqib qayta hisoblab chiqiladi; omonatning asosiy summasidan to‘langan va hisoblangan foizlar o‘rtasidagi farq ushlab qolinadi. Agar omonat norezident tomonidan ochilgan bo'lsa va norezident omonati bo'yicha daromad solig'i ushlab qolingan bo'lsa O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 366, 382-moddalarida belgilab o‘tilgan qoidalarga muvofiq mijozdan ushlab qolingan soliq summasini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Agar omonat ochilgandan so‘ng birinchi 12 oy yakunlanganidan keyin (ya'ni, 13-oydan boshlab) muddatidan oldin talab qilinsa, to'liq bo'lmagan oy uchun omonatchiga foizlar to'lanmaydi, to'langan foizlarni qayta hisoblab chiqilmaydi.
Omonatni hisoblash
Bankka omonat qo‘yishda foizlar qiziqtiradimi?
Omonat kalkulyatoridan foydalaning: Asosiy maydonlarga ma'lumotlarni kiriting va omonat bo‘yicha har oylik foizlarni kalkulyator o‘zi hisoblaydi.
Omonat mablag'larimni qarindoshlarimga vasiyat qilib qoldirsam bo'ladimi?
Omonat mablag'larimni qarindoshlarimga vasiyat qilib qoldirsam bo'ladimi? Batafsil
Kreditning to'liq qiymati nimani anglatadi?
Kreditning to'liq qiymati nimani anglatadi? Batafsil
Qanday qilib naqd chet el valyutasini sotib olishim mumkin (AQSh dollari)?
Qanday qilib naqd chet el valyutasini sotib olishim mumkin (AQSh dollari)? Batafsil
Omonat bo'yicha foizli daromadni oldindan (avans shaklida) olish mumkinmi?
Omonat bo'yicha foizli daromadni oldindan (avans shaklida) olish mumkinmi? Batafsil
Tijorat bankidan kredit olishda bankka qanday ta'minot turlarini taqdim etish mumkin?
Tijorat bankidan kredit olishda bankka qanday ta'minot turlarini taqdim etish mumkin? Batafsil
Valyuta kartasidagi chet el valyutasi (AQSh dollari)ni bankomatlar orqali naqdlashtira olamanmi?
Valyuta kartasidagi chet el valyutasi (AQSh dollari)ni bankomatlar orqali naqdlashtira olamanmi? Batafsil
Omonatning asosiy shartlari to‘g‘risida axborot varag‘i
Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari
Kapitalbank,
www.kapitalbank.uz,
Aloqa telefon raqami: 71-200-15-15, 71-200-45-45, Ishonch telefoni: 78-148-40-11
1-bo‘lim. Omonatning asosiy shartlari
1. Omonat nomi
Maksimal kapital
2. Omonatning valyutasi
So‘m
3. Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi (agar omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi differensiallashgan yoki omonatni rasmiylashtirish usuliga bog‘liq bo‘lsa, har biri alohida ko‘rsatiladi)
25%
4. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablag‘ga qo‘shib qayta foiz hisoblash)
mavjud emas
5. Omonatning muddati
36 oy
6. Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori (agar mavjud bo‘lsa)
1 000 000 so'm
7. Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi
oylarda
8. Omonatni rasmiylashtirish usuli (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)
bank ofisi / mobil ilova
9. Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati
mavjud
10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)
mavjud emas
2-bo‘lim. Boshqa muhim shartlar
1. Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘larini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi
mavjud emas
2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi
-
Omonat qo‘yishga rozi bo‘lishdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqing!
Siz omonatning shartlari, daromadlar va omonat bo‘yicha hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan to‘liq va batafsil ma'lumot olishga haqlisiz.
Agar Sizda shikoyatlar mavjud bo‘lsa, u holda Siz murojaatingizni (Aloqa telefon raqami: 71-200-15-15, 71-200-45-45, Ishonch telefoni: 78-148-40-11) raqamli telefonga yoki (100047, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgox ko‘chasi, 7) manzilga yoki (info@kapitalbank.uz) elektron manzilga jo‘natishingiz mumkin.
AXBOROT VARAQASINING TO‘G‘RILIGI VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.
______________________________________________ (bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi)
______________________ to‘ldirilgan sana
* Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma o‘rnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.