Hujjatlar
А) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash guvohnomasi va h.k.);
B) Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi;
C) O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g’risidagi guvohnoma (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
D) Mijoz turmush o‘rtog‘ining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasini garovga taqdim etilishiga rozilik arizasi.
Turmush o‘rtog‘i mavjud bo‘lmagan hollarda, mijoz tomonidan kredit ajratish uchun ariza berilgan kunga nikohi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat.
Qo‘shimcha shartlar
“SULTANOV MOTORS” MCHJ tomonidan yetkazib beriladigan avtotransport vositalarini sotib olish uchun.
Kredit ta'minoti:
- Sotib olinayotgan avtotransport vositasi kredit miqdorining 133.3 foizdan kam bo‘lmagan qiymatda garovga qabul qilinadi.
- Ta’minot bo‘yicha garov shartnomasini notarial yoki bank tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilgunga qadar qo‘shimcha ta’minot talab qilinmaydi.
Foiz stavkasi: yillik 19% (kredit muddati 12 oygacha bo‘lganda), yillik 20% (24 oygacha), yillik 21% (36 oygacha), yillik 22% (48 oygacha), yillik 23% (60 oygacha).
Muddatidan oldin to‘lash istalgan vaqtda, to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi mumkin.
- Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim;
- MIB joriy qarzdorligi bo‘lmasligi;
- Qarzing daromadga nisbati ko‘rsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim;
- Kredit byurolaridan olingan so‘nggi 3 yil muddatdagi kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim. Bunda: 30+ 10 tagacha yo‘l qo‘yiladi; 60+ 3 tagacha yo‘l qo‘yiladi; 90+ yo‘l qo‘yilmaydi.